Turli xil domla, folbinlarga ishonish
Meni savolim shundan iboratki, bizning 50 yoshdan oshgan amakimiz bor. Ular har xil folbinlaru domlalarga ishonib aqlga sig‘mas ishlar qiladilar. Masalan shamlar, tuzlar, shunga o‘xshash mahsulotlarni o‘qitib kelib uylarga yoqib, sepib qo‘yadilar. O‘qitilgan isiriqlaru buyumlarni eshik oldiga ilib qo‘yib qo‘yadilar. Yana kimlargadir borib, og‘izdan qandaydir iplarni oldirib yuradilar. Deyarli hamma ishlari o‘shalar bilan qo‘y so‘y desa qo‘y, xo‘roz desa xo‘roz so‘yib qonini badanlariga va hamma erga surdirib chiqadilar. Shifokorlarga deyarli ishonmaydilar, biror joylari og‘risa to‘g‘ri o‘shalarga yuguradilar. Hammamiz bu yo‘ldan qanday qaytarishga hayronmiz. Nima qilsak bo‘ladi, bu ishlarini bari gunoh, shirk hisoblanadimi? Iltimos maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ishlarini bari gunoh va shirk hisoblanadi. Folbinlik va unga o‘xshagan narsalar haqida alohida risola chiqardik. O‘shani olib o‘qing va mazkur adashgan amakingizga ham bir nusxa sovg‘a qiling.
28 Iyul 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 148 | Boshqa ibodatlar