Savolning javobidan ta’sirlandim
Assalomu alaykum! 4777-savolga bergan javobingizdan juda ta’sirlandim: «Shoirlarimiz insonni nopoklikka, shahvoniy hirsga boshlaydigan, buzuqlikka boshlaydigan she’rlar muqobiliga insonni sadoqat, vafodorlik, go‘zal xulqlarga chaqiruvchi she’rlar yozishlari kerak. Bu narsalar har bir insonning ehtiyoji tushadigan narsalar. Bu ishlarga iste’dodi bo‘laturib noloyiqlarni ishlashi xalqimizga xiyonat bo‘ladi va iste’dodi borlar qiyomatda albatta javobgar bo‘lishadi. Vallohu a’lam!» Mening she’r yozish qobiliyatim bor, Alhamdulillah. O‘zim uchun she’rlar yozib turaman. O‘rta ma’lumotliman. Hech qaerda shoirlikdan dars olmaganman. She’rlarimni kitob qilib chiqarish uchun sharoitim ham yo‘q. Bu javobingizdan keyin o‘ylanib qoldim. Sizga, ijozat bersangiz, misol tariqasida bugungi zilziladan keyingi shov-shuvdan ta’sirlanib yozgan she’rimni havola etmoqchiman: Zilziladan qo‘rqdingmi? Dunyoga kelib bir bor boshing sajda ko‘rmadi, Har yoqqa borgan oyoq masjid tomon yurmadi. Ruku qilmagan beling harom ishdan tolmadi, Ko‘zga yoshing kelmadi, zilziladan qo‘rqdingmi?! Boyliging ko‘p har erga etadi "baqvat" qo‘ling, Gunoh, harom, ma’siyatga botibdi o‘ng-u so‘ling. So‘kish, g‘iybat, haqoratga biyron edi-ku tiling! Qulflab qo‘yilgan diling, zilziladan qo‘rqdingmi?! Bir shaharni to‘ydirar bir oy egan ovqating, Har kim havasla qarar "Lasetti" nomli oting, Uying saroy, hashamat, qani bergan zakoting? Qiziqtirmas mamoting, zilziladan qo‘rqdingmi? Ko‘p gapni aytgan tiling aylanmaydi zikrga, Shuncha ne’mat olding-u erinasan shukrga, Hayolingga kelmas hech yordam berish faqirga. Qo‘shilmaysanmi fikrimga, zilziladan qo‘rqdingmi? Ko‘zingni och ey inson, Alloh beribdi omad, Hali imkon bor do‘stim, aytib olgin shahodat. Gunohlarni tark etib, savobni qilgin odat, Bir kun bo‘lar QIYoMAT... Eh zilziladan qo‘rqdingmi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shundaylarini ko‘paytiring. Zilziladan keyin yozilganigami shaxsan o‘zimizga qattiq ta’sir qildi. Biron mutaxassisdan ham uslubini o‘rganib oling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shundaylarini ko‘paytiring. Zilziladan keyin yozilganigami shaxsan o‘zimizga qattiq ta’sir qildi. Biron mutaxassisdan ham uslubini o‘rganib oling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar