Chilla tushadimi

Assalomu alaykum! Biz akam bilan to‘yimiz bir vaqtda bo‘lgandi mana 9 oy bo‘ldikim Alloh taolo bizlarga xali farzand nematini nasib qilmadi. Onam va xolamlar otnoyidan so‘rashibdi. Bularga chilla tushgan, chunki bir vaqtni o‘zida bitta domlaga nikox o‘qitgani uchun debdi va bularni chillasini oldirish kerak. Nurotadagi falon domlaga borishib duo o‘qitsin debdila. Shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha otinoyi ham keyin boradigan domullo ham bekor aytishibdi. Chilla degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!

2 Avgust 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar