Ota onaga savob yo‘llash

alaykum! Ota ona dunyodan o‘tib ketgach, farzand Qur’on o‘qisa yoki yaxshiliklar qilib savobini bag‘ishlasa etib boradi deb eshtganman, lekin ota-ona hayot bo‘lsa farzand Qur’on o‘qib, zikrlar qilib, yaxshiliklar qilib savobini bag‘ishlasa etib boradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etib boradi.عن صَالِحِ بْنِ دِرْهَمٍ قَالَ سَمِعْتُ أَبِى يَقُولُ انْطَلَقْنَا حَاجِّينَ فَإِذَا رَجُلٌ فَقَالَ لَنَا إِلَى جَنْبِكُمْ قَرْيَةٌ يُقَالُ لَهَا الأُبُلَّةُ قُلْنَا نَعَمْ. قَالَ مَنْ يَضْمَنُ لِى مِنْكُمْ أَنْ يُصَلِّىَ لِى فِى مَسْجِدِ الْعَشَّارِ رَكْعَتَيْنِ أَوْ أَرْبَعًا وَيَقُولَ هَذِهِ لأَبِى هُرَيْرَةَ سَمِعْتُ خَلِيلِى أَبَا الْقَاسِمِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ «إِنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ مِنْ مَسْجِدِ الْعَشَّارِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ شُهَدَاءَ لاَ يَقُومُ مَعَ شُهَدَاءِ بَدْرٍ غَيْرُهُمْ ». قَالَ أَبُو دَاوُدَ هَذَا الْمَسْجِدُ مِمَّا يَلِى النَّهْرَ Solih ibn Dirham: “Otam: “Haj qilgani ketayotganimizda bir kishi (etib olib): “Yaqinlaringizda Ibla deb aytiladigan qishloq bormi?” dedi. Biz: “Ha” dedik. U: “Sizlardan kim Ashshor masjidida ikki yoki to‘rt rak’at men uchun namoz o‘qib berishni va bu Abu Hurayra roziyallohu anhu uchun deyishni zimmasiga oladi? Abulqosim sollallohu alayhi vasallamdan: “Alloh taolo qiyomat kuni shahidlarni Ashshor masjididan tiriltiradi. Ulardan boshqalar Badr shahidlari bilan birga qoim bo‘lmaydi” deyayotganlarini eshitganman” dedi” aytayoganini eshitganman” dedi.
Foyda: Ushbu hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu nomlaridan namoz o‘qib, u zotga savobini bag‘ishlash borasida so‘z boradi. Savob yo‘llash borasida ikki ish sobitdir. Ular:
1. Moliyaviy ibodatni savobi vafot etgan odamga etib borgani kabi badaniy ibodatning savobi ham unga etib borishi;
2. Vafot etganga savob etib borgani kabi tiriklarga ham savob etib borishi. Chunki, Abu Hurayra roziyallohu anhuga savob yo‘llanganda, tirik bo‘lganlar (Takashshuf an muhimmatut tasavvuf). Vallohu a’lam!

2 Avgust 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar