2-farzand alimentga bersam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Men 1-turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganman, 1 nafar o‘g‘lim bor, oyligimni 25% miqdorida aliment to‘layman 3-4 mln atrofida, lekin o‘g‘limga sarf qilishmayapti. 2-turmushimdan 1 nafar qizim tug‘ildi. Savolim: O‘g‘limga berilayotgan aliment pulida qizimni haqqi bo‘ladimi? Qizimni ham alimentga berib 3-4 mln pulni yarmini qizimga sarf qilsam bo‘ladimi? Xarom bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkala farzandingizning ham nafaqasi sizning zimmangizdadir. Uning miqdori muayyan summada qayd etib qo‘yilmagan. Balki farzandlarning ehtiyojiga qarab ado qilinadi. Shunga ko‘ra, agar siz o‘g‘lingizga ajratayotgan o‘sha 3-4 mln atrofidagi pul uning ehtiyojlariga kifoya qilmayotgan bo‘lsa, kamaytirish u yoqda tursin, yana ham oshirib berishingiz lozim. Qizingizning nafaqasi ham shunday. Vallohu a’lam!
5 Avgust 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush