Xomila nobud bo‘lsa idda qachon tugaydi?

Assalomu alaykum! Xomilador ayol eri vafot etsa iddasi farzandni dunyoga keltirgach chiqadi garchi ertaga tug‘sa xam deb eshitgandim. Deylik bir ayolni xomilasi kichik va dunyoga keltirishiga xali vaqt bor va shu orada ba’zi sabablarga ko‘ra zomilasi nobud bo‘ldi. Bu ayolni iddasi qachon tugaydi xomilani yo‘qotgan kunimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homilador ayolning eri vafot etsa uning iddasi homilasini tug‘ishi bilan nihoyasiga etadi. Garchi erining vafotidan bir lahza o‘tib tug‘sa ham. Bu o‘rindagi “homila”dan murod xilqati (a’zolarining)ning barchasi yoki ba’zisi bilingan boladir. Agar ba’zisi ham bilinmaydigan darajada erta tushsa, bu bilan iddasi tugamaydi, balki eri vafot etgan ayolning iddasi (to‘rt oy va o‘n kun) miqdoricha kutadi. فإن لم يستبن بعضه لم تنقض العدة لأن الحمل اسم لنطفة متغيرة، فإذا كان مضغة، أو علقة لم تتغير، فلا يعرف كونها متغيرة بيقين إلا باستبانة بعض الخلق بحر عن المحيط Agar uning (hatto) ba’zisi (ham) bilinmasa idda tugamaydi. Chunki “haml” bu o‘zgaruvchan nutfaning nomidir. Agar u bir parcha go‘sht yoki laxta qon shaklida turgan bo‘lsa o‘zgarmagan hisoblanadi. Bas uning o‘zgaruvchanligi faqatgina xilqatining ba’zisi aniq ko‘rinishi bilan bilinadi. (Roddul muhtor). Vallohu a’lam!

4 Avgust 2022, 10:47 | Savol-javoblar | 152 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar