Nikoh sobitmi?

Assalomu alaykum! Ustoz men uylanganmgan ayolim hijobda toat ibodatda. Turmush qurganmzga 2 yildan oshdi, nikohimiz masjid imomi tomonidan guvohlar oldida oqilgan nasiya mahrga kelshganmz (hali toliq uzmadim) ayolmni toy qlb olgaman xozirda 1 qzimiz bor uylangan vahtim marifatdan uzoq bolgaman xozrgi kunga kelib Alloh hidoyat berdi quron yod olyapman haloldan rizqlanyapman, endi bir otmishimga nazar tashlasam menda (aniq blmayman bunday ishni qlganmni) ilmszlarcha kufr kalimalari chqb ketgan bolshi mumkin chunki u paytlar men psixotrop dorilar istemol qlardm akalrm dindan vaz-nasihat qlashardi lekn qalbm yopiq bolganmi men quloq solmasdm hozir toat-ibodatdaman u qlgan ishlarmdan qattiq afsuslanaman va u hayotimdan hazar qlaman. Savolim shundaki osha paytlari qlgan ishlarim tufayli dindan sqb qolgan bolsamchi (bir muddatga) va ayolim bilan nikohim uzilgan bolsachi deb oylab qalbim ogriydi. Usha davrlarda ham namoz roza zakotni farz deb blgaman Allohni yagona Muhammad S A V Allohning rosuli va bandasi deb blgaman meni havotrga qoyadgan jihati kop yolgon gaprgaman, halol xarom masalalarida ilmszlarcha gaprgaman, psixotrop dori tasirda juma namozlarini oqigaman meni osha paytlar iymonmga putur etgan bolsayu nikohim buzilgan bolsachi deb qorqman. Lekin ayolmiga ket yoqol, kozga korinma, hotinim emmasan demagaman chunki bizni nikohmzni oqigan domla (ulardan Alloh rozi bolsin) bundan meni qattiq ogohlantrgan edi va men bunga amal qlgan edim. Ustoz shu holatda men nma qlay nikohni yanglaymi yo ayolim bn shunday yashashda davom etaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohni buzuvchi yoki dindan chiqishga sabab bo‘luvchi so‘zlarni aytganingizni aniq bilmasangiz yoki shunga boshqalar guvohlik keltirmasa nikohingizni yangilashingiz lozim emas. Chunki shubhp bilan bunday hukm sobit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 205 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar