Xirs haqida
Assalomu alaykum! Men kelin bo‘lib kelgan xonadonda 85 yoshli otaxon bor. Shu xonadonga kelgan kunimdan beri menga yomon ko‘z bilan qaraydi. Bir ikki marta nomaqbul so‘zlar aytdi, choy olib kirganimda teginmoqchi bo‘ldi. Urush janjal qildim va o‘sha xonadondan chiqib ketmoqchi bo‘ldim, lekin qaynona qaynotam qarilikda, boshi aylanib qolgan deb bahona qilib ketkazgani qo‘yishmadi, hattoki o‘zimni uydagilarimgayam aytishga ruxsat yo‘q. U bobo haligacha menga yomon ko‘z bilan qaraydi, yolg‘iz qolishimni poylaydi. Bir ayoldan maslahat so‘ragandim u agar ering tomondan senga kimdir xirs bilan qarasa o‘rtalaringga taloq tushadi xarom bo‘ladi dedi. Nikohni yangilash zarur ekan. Judayam qo‘rqubda yashayman har doim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha chol kuyovning qanday qarindoshi ekanini yozmabsiz. Sizning holatingizda eringiz sizni o‘sha choldan himoya qilishi shart. Cholni qariligini bahona qilib bu ahvolga ko‘z yumish aslo joiz emas. Darhol chora ko‘ringlar. Vallohu a’lam!Ushbu maqolani o‘qib, hurmati musoharat haqida bilib oling: https://fiqh.uz/maqola/652
6 Avgust 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 206 | Turli savollar