Qurbonlikdan g‘ayridinga bersa bo‘ladimi ?

Assalomu alaykum! Qurbon hayitda qilingan qurbonlikdan g‘ayridinga xam bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi.يستحب للمضحي أن يأكل من أضحيته، ويطعم منها غيره، ويجوز أن يطعم منه الغني والفقير، ويهب منه ما شاء لغني أو فقير، أو مسلم أو ذمي Qurbonlik egasi o‘z qurbonligidan tanovul qilishi va boshqalarni ham u bilan taomlantirishi mustahabdir. Qurbonlik go‘shti bilan boyni ham faqirni ham taomlantirish joiz. Shuningdek, undan istaganicha miqdorni  boyga yoki faqirga yoki musulmonga yoki kofirga hadya qilishi joizdir. (Muhiytul burhoniy). Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar