Musofir kishi
Assalomu alaykum! 1. Bir narsaga tushuna olmay turibman. Men uyimdan 90 chaqirim joyga borsam musofir bo‘laman. Bir kitobda o‘qidim u erda necha kun turishini niyat qilsa u inson Muqim hisoblanar ekan. Lekin men necha kun turishimni niyat qilmayman. Bu holatda men musofir bo‘lmanmi yoki Muqim bo‘lamanmi? 2. Yana shunga oid savolim bor edi. Agar o‘sha erda men musofir bo‘lsam. Men farz namozlarimni 2rakat o‘qiymanmi yoki 4rakat o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shar’iy safar masofasi (86 km) ni qasd qilib yo‘lga chiqsangiz, o‘zingiz turgan shahar yoki qishloqning hududidan chiqishingiz bilan musofirga aylanasiz. Musofir esa 4 rakatlik farz namozlarini (peshin, asr, xufton) 2 rakat qilib o‘qiydi. Bu namozni qasr o‘qish deyiladi. Endi o‘sha borishni qasd qilgan shahar yoki qishlog‘ingizda 15 kun yoki undan ko‘proq vaqt turishni niyat qilmagan bo‘lsangiz, yoki qancha vaqt turishingizni bilmasangiz o‘sha erga etib borganingizda ham musofirligingizcha qolaverasiz. Ammo o‘sha erda 15 kun yoki undan ko‘proq vaqt turishni niyat qilgan bo‘lsangiz, u erga etib borishingiz bilan musofirlikdan chiqasiz va muqimga aylanasiz. Muqim esa farz namozlarning rakatlarini to‘liq o‘qiydi. Vallohu a’lam!Ushbu linklarda berilgan maqolalarni o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/385https://fiqh.uz/maqola/386https://fiqh.uz/maqola/582
20 Avgust 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 179 | Namoz