Men ham zakot beramanmi?

Assalomu alaykum! Yoshim 17da. Men o‘z xarajatlarim uchun internet orqali pul ishlayman. Ya’ni xitoy davlatidan maxsulot olib kelib internet orqali sotaman. Men ishlab topadigan pul xaqiqiy tadbirkorlarnikiga o‘xshab ko‘p emas. Men xam zakot berishim joizmi yoki ota-onamni berayotgan zakoti bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Molingiz nisobga etsa zakot zimmangizga vojib bo‘ladi. O‘tgan yilgi nisob O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o‘rtacha narxi 188 235 (bir yuz sakson sakkiz ming ikki yuz o‘ttiz besh) so‘m atrofida ekanini e’tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 (o‘n olti million) so‘m ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya’ni 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorda zakot chiqarishni ma’qulladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:06 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar