Ijarada sheriklik
Assalomu alaykum! Chet davlatdagi do‘stim (ishonch asosida) meni nomimga yangi qurilayotgan uyni sotib oldi. Ya’ni uy bitganidan so‘ng, uyning kadastr xujjatlari meni nomimga chiqadi. Biz keyinchalik uyni do‘stimning puliga remont qilib ijaraga bermoqchimiz. Masalaning asosiy jixatidan biri shuki, do‘stim doim o‘z vatanida bo‘ladi, ijara bo‘yicha munosabatlarni esa men olib boraman va ijara pulini unga yuborib turaman. Savol shundaki, men (ijara bo‘yicha) qilayotgan xizmatlarim uchun, oldindan kelishgan xolda ijara pulini ikki bo‘lib, bir qismini o‘zimga olib qolsam bo‘ladimi? Agar joiz bo‘lsa, ijara puli qanday proportsiyada ikkiga bo‘linadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz do‘stingizning uyining ijara pulida unga sherik bo‘lishingiz uchun biror asos yo‘q. Uyga qarab turganingiz, ijarachilarni izlab topganingiz, pulini vaqtida olib, do‘stingizga yuborib turganingiz uchun biror aniq summani ish haqi tarzida kelishib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
21 Avgust 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat