O‘yindagi buddaga sig‘inish

Assalomu alaykum! Xozir telefonlarda Pubg nomli o‘yin urf bo‘ldi. O‘sha o‘yinda yaqinda bir shart chiqdi. O‘ shartga ko‘ra budda xaykaliga borib sig‘inish kerak. O‘zim bu o‘yinni o‘namayman shuning uchun tafsilotlarini yaxshi bilmayman. Lekin o‘rtoqlarim orasida xar xil qarashlar paydo bo‘ldi. Bir taraf bu oddiy o‘yin xayotmas desa boshqa taraf o‘yinni o‘chiraman degan fikrda. Shu masalada aniqlik kiritsangiz. Bu o‘yinni ko‘pchilik o‘ynashini hisobga olsa javobingizdan ko‘pchilik to‘g‘ri xulosa qilgan bo‘lardi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda shirkka rozi bo‘lish shirk, kufrga rozi bo‘lish kufr, gunohga rozi bo‘lish gunohdir. Butga ta’zim qilish har qanday holatda ham kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar