Dollar va so‘m almashish
Assalomu alaykum! Men oshnamdan topganda berishga 50$ olganman yaqin qiyomatli do‘stim. O‘sh paytda 550.000 so‘m edi. Undan kegin ancha vaqt o‘ti 300.000 so‘m so‘radi 50$ di xisobidan berdim. Hozir qarzimi butkul qaytaraman desam hozirgi dollar hisobida qaytaramanmi yoki o‘sha paytdagi dollar hisobidami. Yana bir tomoni agar men oshnamga qaysi paytdagidan qaytarsam ham oshnam oshiq kamiga roziman desa qayzimdan forih bo‘lgan bo‘lamanmi? 2). Birortasidan qarzim bo‘lib men ham u inson ham eslolmasa u insonga aytsam o‘rtamizdagi oldi berdilarga rozi bo‘lib qo‘ying agar qarzim borligini eslating qaytare agar esizda yo‘q bo‘lsa rozi bo‘ling menham roziman desa oradagi haqdorchilik qaysi birini bo‘ynida bo‘lsa soqit bo‘lgan bo‘ladimi keginchalik rozichilik bo‘lib o‘tgandan kegin esiga tushub qolsahammi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘sha 300.000 so‘mni berayotgan vaqtingizda sizning zimmangizdagi 50$ ning qanchasi hisobiga berganingizni ikkingiz kelishib olmagan bo‘lsangiz, demak, u pul (300.000) alohida mustaqil qarz sifatida berilgan. Natijada siz undan 50$ qarzsiz, u esa sizdan 300.000 so‘m qarz.2). Barcha haqlardan kechganidan so‘ng birortasi esiga tushib qolsa uni talab qila olmaydi. Vallohu a’lam!
23 Avgust 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar