Oilamdagi vaziyat
Assalomu alaykum! Ustozlar, qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Sizlarga bir savolim bor edi muqaddas dinimizda har qanaqa savolga jovob va xar qanaqa muammoning echimi bor. Savolim shuki turmush qurganimga 3yil bo‘ldi, ayolim bilan onam uncha chiqishishmadi, hozir gaplashmay qo‘yishdi. Biz aloxida yashaymiz, boshidan shunaqa bo‘lgan. Onamga gap qaytarib tashardi xar qanaqasiga tushuntirib ko‘rdim foydasi bo‘lmayapti, onam bilan ayolimni yarashtirishga umid qilyapman, nomozlarda duo qilib so‘rayman, uyda janjaldan bezillab qolganman. Tug‘ilib o‘sgan uyimga hatto bormagan ham, borishing kerak qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘ degan gaplar bor desam unamaydi, gapida qattiq turib olgan. Ish yuzasidan tug‘ilgan joyimdan uzoqda yashayman, axir onani xafa qilib xich kim baxtga erisholmaydiku, ikki o‘t orasida qolib ketdim. Qaynona-kelin munosabati o‘ta jiddiy tus olib ketgan, qo‘l siltab ajrashay desam bir farzandim bor, uni ko‘zim qiymaydi. U Allohni omonati, unda gunoh yo‘q. Onamni xafaliklarini ko‘rsam Alloh azobidan qo‘rqaman. Nima qilay? Ularni yarashtirish uchun qimagan ishim qolmadi. Maslaxat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ كَعْبٍ الأَحْبَارِ، قَالَ: قَالَ لُقْمَانُ لاِبْنِهِ: يَا بُنَيَّ مَنْ أَرْضَى وَالِدَيْهِ فَقَدْ أَرْضَى الرَّحْمَنَ، وَمَنْ أَسْخَطَهُمَا فَقَدْ أَسْخَطَ الرَّحْمَنَ، يَا بُنَيَّ إِنَّمَا الوَالِدَانِ بَابٌ مِنْ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ، فَإِنْ رَضِيَا مَضَتْ إِلَى الْجَبَّارِ وَإِنْ سَخَطَا حُجِبَتْ Ka’b al-Ahbordan rivoyat qilinadi: «Luqmon o‘g‘liga: «Ey o‘g‘lim, kim ota-onasini rozi qilsa, Rohmanni rozi qilgan bo‘ladi. Kim ota-onasining g‘azabiga uchragan bo‘lsa, Rohmanning g‘azabini chiqargan bo‘ladi. Ey bolam, albatta, ota-ona jannat eshiklaridan bir eshikdir. Agar rozi bo‘lsalar, Jabborga borish bor. Agar achchiqlari chiqsa, yopilib qolishi bor», – dedi». Sharh: Luqmon hakiym va uning o‘g‘liga qilgan nasihatlari Quroni Karimda ham zikr qilingan. Bu rivoyatdan Luqmon hakiymning o‘g‘liga qilgan nasihatlari Quroni Karimda hadislarda ham bayon qilinganini bilib olamiz. «Ey o‘g‘lim, kim ota-onasini rozi qilsa, Rohmanni rozi qilgan bo‘ladi.» Ota rozi Xudo rozi, ona rozi Xudo rozi, degan gaplar mana shu hadislardan olib maqolga aylantirilgan. Shuning uchun, albatta, farzandlar ota-onalarining roziligi uchun harakatda bo‘lishlari kerak, bu masalada nihoyatda ehtiyot bo‘lishlari lozim. «Kim ota-onasining g‘azabiga uchragan bo‘lsa, Rohmanning g‘azabini chiqargan bo‘ladi.» Ota-onaning roziligini topish uchun harakat qilish bilan bir qatorda ularning g‘azabiga duchor bo‘lishdan ham saqlanish lozim bo‘ladi. Chunki, ota-onaning g‘azabini chiqarish Rohman taoloning g‘azabini chiqarishdir. Ushbu ikki ishning o‘zi farzandning jannatga kirishiga sabab bo‘lishi turgan gap. Ammo, shu bilan birga, yana ham ta’kidlash uchun quyidagi jumla ham keltirilmoqda: «Ey bolam, albatta, ota-ona jannat eshiklaridan bir eshikdir. Agar rozi bo‘lsalar, Jabborga borish bor. Agar achchig‘lari chiqsa, yopilib qolishi bor». Yuqorida o‘tgan rivoyatlardan birida «ota-ona jannat eshigining ochilishiga sabab» deyilgan bo‘lsa, bu rivoyatda ularni ayni «jannat eshigi» deb atalmoqda. Bu ibora yana ham ta’sirchan chiqqan. Bas, har bir farzand ota-onasining roziligini topib, ular orqali jannatga kirish payidan bo‘lsin. Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar: 1. Ota-onasini rozi qilgan farzanddan Alloh taolo ham rozi bo‘lishi. 2. Ota-onasining g‘azabini chiqargan farzanddan Alloh taoloning ham g‘azabi chiqishi. 3. Ota-ona jannatning eshiklaridan biri ekani. 4. Ota-onasini rozi qilgan farzand Alloh taoloning huzuriga ochiq yuz bilan borishi. 5. Ota-onasining g‘azabiga uchragan farzandning yo‘li to‘silib qolishi. (“Silai rahm” kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush