Savdo sotiqda ishim yurishmayapti, nima qilay…
Yoshim 50 da. 25 yildan ortiq savdo sotiq ishlarim bilan shug‘ullanaman. Shaxsiy do‘konlarim bor. Oxirgi ikki yil davomida ishlarim orqaga ketgan. Hozir katta qarzdorman. Besh vaqt namoz o‘qiyman. Qo‘limdan kelganicha taqvodor yurishga harakat qilaman. Xayr sadaqa qilaman. Qisqasi nima qilishga xayronman. Iltimos maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushbu holatga tushishingizga sabab bo‘lgan narsalarni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, harom aralashtirgandirsiz, ribo yoki noshukrlik sodir bo‘lgandir. . . Odamning savdosi yurishi uchun faqat namozning o‘zi kifoya qiladi deb o‘ylash xatodir. Agar aytib o‘tilganga o‘xshash harom va gunoh ishlarni qilgan bo‘lsangiz, tavba qiling, haq egalariga haqlarini qaytaring. Ibodatlarning barchasini ixlos bilan ado qiling. Hojat namozi o‘qing. Qarzni uzish duolarini ixlos bilan o‘qib yuring. Bularning hammasi bo‘lsa turib, shu holatga tushgan bo‘lsangiz, xursand bo‘ling, Alloh taolo sizni sinayotgan bo‘ladi va yaxshilik kelishi sinovga bog‘liq bo‘ladi.
26 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar