Tushda yomonlikni ko‘rish va xar kuni takrorlanish

Assalomu alaykum! Tushda yomonlikni ko‘rish va xar kuni takrorlanish savolimga sizlardan javob oldim. Unda sizlar besh vaqt namozni o‘z vaqtida o‘qiysizlarmi deyilgan ekan. Men goxida qazo qilib turaman lekin vaqtida o‘qishga xarakat qilaman. Ayolim esa ko‘p kasal bo‘ladi shuning uchun ko‘p o‘qilmasdan qolib ketaverdi shuning uchun xozirda o‘qimaydi. Shu bo‘layotgan ishlar namozimizga bog‘liqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم. حَدَّثَنِي سُلَيْمَانُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ، حَدَّثَنَا الْأَوْزَاعِيُّ قَالَ: حَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ أَبِي كَثِيرٍ قَالَ: حَدَّثَنِي عَبْدُ اللهِ بْنُ أَبِي قَتَادَةَ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُ مِنَ اللهِ، وَالْحُلُمُ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِذَا حَلَمَ أَحَدُكُمْ حُلُمًا يَخَافُهُ فَلْيَبْصُقْ عَنْ يَسَارِهِ، وَلْيَتَعَوَّذْ بِاللهِ مِنْ شَرِّهَا، فَإِنَّهَا لَا تَضُرُّهُ Abdulloh ibn Abu Qatoda otasidan rivoyat qiladi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Solih tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz o‘zi qo‘rqadigan bir tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflasin va uning yomonligidan Allohdan panoh so‘rasin, shunda unga zarar qilmaydi», dedilar».
Muslimning lafzida: 
(Abu Qatoda): “Batahqiq tog‘dan ham og‘ir tushlar ko‘rar edim. Ushbu hadisni eshitganimdan so‘ng ularga parvo qilmay qo‘ydim” dedi.
Hishom ibn Hasson: “Ibn Siyriyn yuzlab tushlar haqida so‘ralar va ularning barchasiga “Allohga taqvo qil. Uyg‘oqligingda solih amal qil. Tushda ko‘rgan narsang senga zarar bermaydi”, deb javob berar edi”dedi. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 18:54 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar