Kitobxonlikda riyo
Assalomu alaykum! Ma’lumki bizda "Yosh-kitobxon" tanlovi bo‘ladi. Ana shu tanlov yaqin kunlarda bu yilgi mavsumda o‘qilishi kerak bo‘lgan 60 ta kitob ro‘yxatini taqdim qilishdi, ana shu tanlovda albatta yutuq ham bor. Shu tanlovga tayyorlanish jarayonida kitob o‘qishligim imtihonga o‘zimni puxta qilib tayyorlashim riyo bo‘lmaydimi Allohdan o‘zgasini qasd qilib ilm olish bo‘lib qolmaydimi? Albatta amallar niyatga bog‘liq niyatim: Alloh roziligi avvalo ilm olish endi shu niyatga 2-o‘rinda ilm olish uchun moddiy manfaat olishimni ham ko‘zlasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi tanlovlarda ishtirok etish joiz. Shu sababli biron ilmga sohib bo‘lish ham umkin. Faqat shar’iy bilimlarni o‘rganishda bunday maqsadlarga tayanmasligi lozim. Bu borada tolibi ilmning asosiy va birlamchi maqsadi Allohning roziligiga erishish bo‘lishi shart. Agar U zotning roziligini niyat qilmasa yoki uni ikkinchi-uchinchi darajaga qo‘yadigan bo‘lsa hadisi shariflarda aytilgan va’id ostiga tushib qoladi. Bundan saqlanish, ilm olishda niyatga qattiq e’tibor berish, dunyo matohlarini birlamchi maqsad qilib olmaslik kerak. O‘quvchining asosiy maqsadi Alloh taoloning roziligini topish bo‘lib, bunga qo‘shimcha ravishda dunyodagi biror manfaatga erishishni niyat qilishi ham joiz. Bunday niyat bilan ham talabi ilm uchun savob oladi. Ammo ikkisi orasida farq katta. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: مَنْ تَعَلَّمَ عِلْمًا مِمَّا يُبْتَغَى بِهِ وَجْهُ اللهِ لَا يَتَعَلَّمُهُ إِلَّا لِيُصِيبَ بِهِ عَرَضًا مِنَ الدُّنْيَا لَمْ يَجِدْ عَرْفَ الْجَنَّةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Allohning roziligi talab qilinadigan ilmni faqat dunyoning o‘tkinchi matohiga erishish uchun o‘rgansa, qiyomat kuni jannatning hidini ham topa olmaydi», dedilar».
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat rivoyat qilganlar.
Mulla Aliy al-Qoriy: Tiybiy ushbu hadis sharhida aytadi: “Kim Allohning roziligini topish niyatida ilm o‘rgansa, shu bilan birga dunyoviy maqsadga erishishni ko‘zlasa (hadisdagi) va’id ostiga kirmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
23 Avgust 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 168 | Ruhiy tarbiya