Er-xotin o‘rtasidagi nikox buzilganmi

Assalomu alaykum! Nikoxda bo‘lgan ayolni bir nomaxram erkak xirs bilan quchoqlasa, ayol qarshilik qilib, "agarda yana shunaqa xarakat qiladigan bo‘lsang turmush o‘rtog‘imga aytishga majburman" desa, o‘rtada jinsiy yaqinlik bo‘lmasa er-xotin o‘rtasidagi nikox buzilgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzilmaydi. O‘sha kimsa o‘ta og‘ir gunohga qo‘l urgan.عن معقل بن يسار أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لأن يطعن في رأس أحدكم بمخيط من حديد خير له من أن يمس امرأة لا تحل لهرواه الطبراني والبيهقيMa’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz uchun halol bo‘lmagan ayolni ushlashdan ko‘ra boshiga temirdan bo‘lgan mixyat(igna, bigiz) sanchilishi yaxshiroqdir” dedilar". 
Roviylarning barchasi ishonchlidir.
(Tabaroniy va Bahaqiylar rivoyati).ولأن يزحم رجل خنزيرا متلطخا بطين أو حمأة خير له من أن يزحم منكبه منكب امرأة لا تحل له. رواه الطبراني Boshqa bir hadisda: “Kishining elkasi o‘ziga halol bo‘lmagan ayolning elkasiga tegishidan ko‘ra, u uchun loy va balchiqqa bulangan to‘ng‘izga tegishidan yaxshiroqdir” deganlar. (Tabaroniy rivoyati). Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar