Sanga ming lanat bo‘lsin desa taloq bo‘ladimi

Assalomu alaykum! 1. Men ayolim bilan janjallashib jaxl ustida sanga ming lanat bo‘lsin sanga uylanganimdan afsusdaman deb gapirdim. Lekin taloq degan so‘zni ishlatmadim. Niyat xam qilganim yo‘q. Shunday xolatda nechi taloq tushgan bo‘ladi? 2. Bir tarafdan xayolimga xotinimga taloqsan ketaver degan juda yomon fikrlar keladi. Yurganimda xam o‘tirganimda xam shunaqa. Shunaqa vaziyatda darrov Allohni zikr qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushmagan. Vasvasaga berilmang. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar