Harom pulni ehson qilsa dindan chiqadimi?
Assalomu alaykum! Bir ahli ilmdan ancha oldin eshitgan edim xaromdan pul topib savobli ishga sariflab savobidan umidvor bo‘lsa to‘rt mazhabda dindan chiqishiga hukm bor deyishgan edi. Iltimos imkoni bo‘lsa shuni tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom mol Allohning nazdida najosat hisoblanadi. Uni savob uchun kimgadir berish Alloh uchun berish hisoblanadi. Bu esa Allohni tahqirlash, qadrlamaslik bo‘ladi. O‘ylab ko‘ring siz kabi musulmon insonga birortasi cho‘chqani yog‘ini sovg‘a qilsa siz qanchalar u odamdan norozi bo‘lasiz? Siz harom deb bilishingizni bilaturib sizga taqdim qilishini o‘zingizni kamsitish va tahqirlash deb bilasiz. Allohga nisbatan bunday qilish kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom