Valyuta kursida qarz oldi berdi
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan qarz oldi berdi qilamiz menga $100 kerak deydi men beraman lekin menda o‘zbek so‘mi bo‘lmagani uchun master kartamdan $100 ni valyuta kursida konvertatsiya qilaman va qancha bo‘lsa shu pulni o‘tkazib beraman. Va qaytarishda $100 qancha bo‘lsa shuni beradi va men uni qaytarib master kartaga konvertatsiya qilib saqlab qo‘yaman. Endi orada farq qilyapti so‘mda unga valyutada o‘tkazishni iloji yo‘q agar bo‘lsa ham u valyuta karta ochishi kerak. Iltimos shu bo‘yicha tushuncha bersangiz bu ish joizmi? Agar ruxsat berilmagan bo‘lsa unga ham menikidek valyuta kartasi ochishini aytaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu tarzda qarz oldi berdi qilish joiz emas. Chunki qarz qaysi pul birligida qancha miqdorda qarz so‘rovchining qo‘liga topshirilsa (yoki kartasiga o‘tkazib berilsa) aynan o‘shaning o‘zi qaytarilishi shart. Qarz beruvchi taraf undan ortig‘ini talab qilish ribodir. Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom