Qur’onda zikri kelgan sahoba
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar Qur’onda yagona sahobai kirom nomlari zikr qilingan ekan. U kishi qaysi sahobai kirom va qaysi surada zikr qilingan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onda o‘z nomi bilan zikr qilingan yagona sahoba Zayd roziyallohu anhudir. فَلَمَّا قَضَى زَيْدٌ مِّنْهَا وَطَرًا زَوَّجْنَاكَهَا لِكَيْ لَا يَكُونَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ حَرَجٌ فِي أَزْوَاجِ أَدْعِيَائِهِمْ إِذَا قَضَوْا مِنْهُنَّ وَطَرًا وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ مَفْعُولًا 37...Qachonki Zayd undan o‘z hojatini ado etgach, seni unga uylantirdik. Toki, mo‘minlarga asrandi bolalarining xotinlarida, ulardan hojatlarini ado qilishgach, tanglik bo‘lmasin deb. Va Allohning amri bo‘lajakdir. (Ahzob, 37-oyat). Qo‘shimcha dalil va ma’lumot: Qur’onda nomi zikr qilingan yagona sahoba Zayd (ibn Horisa)ni avval qul bo‘lgan paytida hazrati Hadicha onamiz sotib olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hadya qilganlar, u zot esa uni ozod qilganlar, keyin hazrati Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhoni unga nikohlab berganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotirlari uchun unga nikohlangan Zaynab ozod qilingan bir qulga nikohlanganlarini o‘zlariga hech singdira olmadilar. Buni Zaydga aytar edilar. Zayd oxiri bunga chiday olmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ayolingni yoningda saqla», deyishlariga qaramay, uni taloq qilgan edi. Hak ta’olo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning unga uylanajaklarini qalblariga bildirgan, u zot esa buni pinhon tutar edilar. Ammo unda istaklari yo‘q edi. Faqat keyinroq Allohning amri bilan uni o‘z nikohlariga oldilar. Bu o‘rindagi asl haqiqat – Islom hukuqiga oid bir xikmatning ma’lum bo‘lishidir. Bu ham bo‘lsa, kishining tutingan farzandi farzand hukmida bo‘lmasligi, haqiqatda, uning din birodari bo‘lib, uning taloq qilgan xotiniga uylanishi mumkinligidir. Alloh ta’olo bu hikmatni O‘z Rasuli sollallohu alayhi vasallam xayotlarida tatbiq etdi (Hasan Tahsin, 434-bet). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 492 | Qur’oni karim