Xayvon go‘shtlarini iste’moli haqida

Assalomu alaykum! Quyidagi jumlalarga oydinlik kiritib bersangizlar, to‘g‘rimi? Bu ozgina tortishuvga sabab bo‘lmoqda, telegrammga chiqarmanglar iltimos. Tovuq go‘shtini nega xush ko‘rmayman, desam, shunga bo‘lsa ajabmas. Mashhur tarixchi Ibn Xoldun muqaddimasida shunday deydi: "Arablar tuya go‘shti edi va undan g‘ayrat va qo‘pollikni olishdi. Turklar ot go‘shti edi va undan quvvat va qo‘pollikni olishdi. Ovro‘paliklar to‘ng‘iz eyishdi va undan dayyuslikni olishdi. Zangi(negr)lar maymun eyishdi va undan musiqaga muhabbat olishdi". Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadi: "Kim hayvonlarning qay bir turini eyishga odatlansa, uning tabiati va xulqidan kasb qiladi. Agar doimiy ozuqasi shu bo‘lsa, o‘shanga o‘xshashlik kuchli bo‘ladi". Bugungi kunda aksariyat tovuq go‘shtini eyishga odatlanganidan bo‘lsa ajabmas, foydasiz gap so‘zlar, baqir-chaqirlar, g‘iybatu-mish-mishlar ko‘paydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu gaplar bir fikr, aynan shunday bo‘ladi deyilmaydi. Bu narsalarni Yaratuvchining O‘zi hal qilib bo‘lgan. Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi.  الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُم بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَآئِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالأَغْلاَلَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ فَالَّذِينَ آمَنُواْ بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُواْ النُّورَ الَّذِيَ أُنزِلَ مَعَهُ أُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ۝ 157. Ular o‘z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni ma’rufga buyurib, munkardan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni engillatib, kishanlarni echadigan ummiy Nabiy, Rasulga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qo‘llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo‘lgan nurga ergashganlar – ana o‘shalar zafar topuvchilardir».
«…ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan…»
payg‘ambar ekanliklaridir.
Bu ham barcha uchun umumiy qoida. Muhammad sollallohu alayhi vasallam nimani halol qilgan bo‘lsalar, o‘sha narsa pokdir. Pok narsa esa, shubhasiz, foydalidir. Payg‘ambarimiz nimaniki harom qilgan bo‘lsalar, demak, ular Islom shariati harom qilgan narsalar bo‘lib, hammasi nopokdir. Nopok narsa zararlidir. Uning zarari darhol ko‘rinishi yoxud bir oz fursatdan keyin namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bir necha avloddan keyin ham zohir etishi ehtimol. Shuning uchun turli andishalarga bormay, Nabiy sollallohu alayhi vasallam harom qilgan narsalardan doimo xazar qilish, ulardan uzoqda bo‘lish shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:50 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar