Sadaqai joriya bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Bizni tumandagi katta masjidga bir boy inson katta taxoratxona qurib bermoqchi ekan. Taxoratxonani masjidning bir devor qo‘shnisi bo‘lgan bir odamning kichkina xovlisini o‘rniga qurishmoqchi ekan. U odamga o‘sha yaqin atrofdan kotej uy olib berish kerak ekan. Meni o‘sha atrofda bo‘sh turgan kotej uyim bor. Meni shu uyimga o‘sha inson uchun xaridor bo‘lishyapti. Tabiiyki masjid uchun deb mendan uyni arzon olishga xarakat qilishadi. Savolim men shu uyimni o‘sha odamga arzon sotsam ikkala dunyoim uchun ajr savob bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta ajr olasiz. Sadaqai joriyadan savobni berganingiz miqdoricha ega bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
12 Sentabr 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat