Speaking

Assalomu alaykum! 1. Men ingliz tilini o‘rganyapman yo‘lda ko‘chada umumun kundalik ishlarim davomida zikr bilan shug‘ullangani avzalmi yoki ingliz tili ko‘rsatuvlarni ko‘rganimmi? 2. Muslima yani xijobli ayollardan yani ustozlardan erkak kishi biror nima o‘rgansa bo‘ladimi you tubeda video darslarni ko‘rasa bo‘ladimi? 3. Boshqa din ayollariga ham qaramaslik kerakmi? 4. Ustoz men jamoadoshlarim bilan birga dars qilish uchun guruh shakallantirgan edim unda biz inglizchada gaplashmoqchi edik. U guruhga qiz bolalar ham qo‘shilibdi. Men hozir qatnashayotganim yo‘q. Savolim shuki men hozir ular qizlar qo‘shilgani uchun u guruhni tarqatib yuborishim kerakmi yoki qizlar bilan dars qilsa bo‘ladimi? Gunoh bo‘lsa menga yoziladimi? 5. Namozga kam vaqt qolgan bo‘lsa nima qilinadi, birinchi farzni o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizning holatingizda Allohning roziligi uchun ilm olishingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Aslini olganda mo‘min har onda Allohning zikrida bo‘ladi. Zikr aynan muayyan lafzlarni til bilan talaffuz qilish ila bo‘lishi shart emas. Allohning buyruqlariga so‘zsiz itoat qilish va Undan o‘zga haqiqat yo‘q ekanini e’tirof qilish bilan banda zokirga aylanadi.
2). Erkak kishi nomahram ayol bilan bir erda xoli qolishi, avratlariga qarashi joiz emas. Yuziga esa zarurat yuzasidan qarashi mumkin. Fitnalanib qolishdan qo‘rqsa buni ham tark qilishi lozim.
3). Nomahram ayol muslima bo‘lsa ham g‘ayridin bo‘lsa ham uning avratlariga qarash joiz emas.
4). Noshar’iy suhbatlarga yo‘l ochib bergan bo‘lsangiz siz ham gunohkor bo‘lasiz. Ayollar ayollar bilan, erkaklar erkaklar bilan dars qilishsin.
5). Sunnatini o‘qishga ulguradigan bo‘lsa avval sunnatini o‘qiydi. Vaqt faqat farzni o‘qishga etsa sunnatini o‘qiy olmaydi. Vallohu a’lam!

16 Sentabr 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 119 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar