Qanchalik haqiqat

Assalomu alaykum! "Biz namoz o‘qish uchun joynamozga o‘tirganimizda, Alloh farishtalariga buyurarkan: Bandam namoz o‘qimoqchi... Unga og‘ir bo‘lmasligi uchun, elkasidan gunohlarini olib turinglar namozni ado etib bo‘lgandan so‘ng farishtalar: Yo Robbiy namoz tugadi, gunohlarini yana yuklaylikmi? Alloh derkan: Bandam meni amalimni bajardi, men qanday gunohlarini yuklay? Avf et derkan! Men shu jumlalarni bir erda o‘qib qoldim. Ikkilanyabman, bu gaplar qanchalik haqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu lafzda biror hadis topilmadi. Ammo shunga o‘xshash boshqa sahih rivoyat mavjud:عن جبير بن نفير : أن عبد الله بن عمر رأى فتى وهو يصلي ، وقد أطال صلاته وأطنب فيها ، فقال : من يعرف هذا ؟ فقال رجل : أنا . فقال عبد الله بن عمر : لو كنت أعرفه لأمرته أن يطيل الركوع والسجود ، فإني سمعت رسول الله - صلى الله عليه وسلم - يقول : " إن العبد إذا قام يصلي أتي بذنوبه ، فجعلت على رأسه وعاتقيه ، فكلما ركع أو سجد تساقطت عنه Jubayr ibn Nufayrdan rivoyat qilinadi:
Abdulloh ibn Umar bir yigitni namoz o‘qiyotgan holda ko‘rdi. U namozni juda uzun qilgan edi. Shunda: Buni kim taniydi?, dedi. Bir kishi aytdi: Men taniyman. Abdulloh ibn Umar dedi: Agar uni taniganimda ruku’ va sajdasini uzoq qilishini buyurar edim. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan deyayotganlarini eshitganman: “Albatta banda namoz o‘qiy boshlaganida gunohlari keltiriladi va uning boshi va elkazi uzra qo‘yiladi. Har ruku’ va sajda qilganida undan soqit bo‘lib boradi”.
Bayhaqiy Sunanul kubroda, Tabaroniy Avsatda rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

16 Sentabr 2022, 21:20 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar