Nomaxram insonlarning bir biriga qasam ichtirishi haqida

Assalomu alaykum! Nomahram bo‘lgan qiz va yigit bir biriga "Hudo haqqi vada beraman, aldasam jannat harom bo‘lsin" qabilida vadalar bersa va ularni buzsa, chindan ham jannatga kirmaydimi, kafforati qanday to‘lanadi? Shunday vadalar berib ko‘p bora buzgan bo‘lsa ularni qanchaligini eslay olmasa nima qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir-birlariga nomahram bo‘lgan yigit va qiz shariatga zid ishlarni qilishga va’da bergan bo‘lsa, yoki va’daning ustidan chiqishi o‘rtada nikoh yo‘qligi uchun joiz bo‘lmasa bunday va’da tark qilinadi. Aytgan so‘zi va qilgan ishi uchun istig‘for aytadi. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar