Ayollar masalasidagi tushunmovchilik

Assalomu alaykum! Islom.uz portalining ayollar fiqhining savol javib korinishida " JAVOB: ayollarga poklik bilan nopoklikni ajratdigan darajada hayz, nifos, istihoza masalalarini o‘rganish, shuningdek ularning valiy, erlariga uning masalalarini qizlari, singillari, ayollari va qo‘l ostidagilariga o‘rgatish vojibdir. Hayz ko‘rishni boshlagan ayollarga uning boshlanish, tugagan kunlari, soatlari, minutlarini yodda tutishi vojib amal hisoblanadi" deyilgan. Agar bir ayolning hayzi har 10-sanada kelsa,masalan 10-may kuni peshinda kelsa odati bo‘yicha 20-sananing kechiga borib hayzdan butunlay poklanadi. Shu ayol 20-sanada shomdan boshlab g‘usl qilib ibodatga kirishadimi yoki peshin bo‘lishi bilan g‘usl qilishi kerakmi? Garchi pushti, sarg‘ish ajralmalar kelsada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollarda hayz tugaganini bildiradigan oqlik keladi. O‘shanda g‘usl qilishlari shart. O‘n kun ko‘radigan ayollar esa to‘liq 10 kecha kunduz bo‘lsa masalan 10 may kuni peshinda kelsa 20 kuni peshinida pok hisoblanadi. G‘uslni qilib peshinni o‘qishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar