Qur’on o‘qib Payg‘ambarimizga bag‘ishlash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Aqidatut Tahoviya sharxi kitobida Payg‘ambar alayhissalomga Qur’on tilovatini bag‘ishlash haqida ulamolar bid’atligini aytishganini o‘qudim. Hozirgi paytda tilovatni payg‘ambarimiz alayhissalomga bag‘ishlayotgan ko‘p birodarlarimizni eshityapmiz, birodarlarimizga bu haqda aytib qaytarilikmi yoki indami qo‘yilikmi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Barcha moliyaviy ibodatlarni hamda ba’zisi moliyaviy va ba’zisi badaniy bo‘lgan haj va umralarni savobini bag‘ishlash to‘g‘risida hadislar bor. Qur’on savobini bag‘ishlash to‘g‘risida hadis yo‘q. Shuning uchun Shofe’iy rahmatullohi alayh “Bag‘ishlab bo‘lmaydi” deganlar. Mazhabimiz ulamolari esa “Boshqa amallarni holis Alloh taoloning roziligi uchun qilib, hosil bo‘lgan savobni bag‘ishlash joiz bo‘lganidek, holis Allohning roziligi uchun xatm qilib savobini bag‘ishlash joiz” deganlar. Bu ijtihodiy masala bo‘lib mazhabimiz ulamolari savobi etadi deganlar. Hatto bemazhablar o‘zlarini muqtadosi va imomi deb biladigan ibn Qoyyim Javziya rahmatullohi alayh ham o‘z kitoblarida Abdulloh ibn Mutorrifdan quyidagini naql qilgan. Abdulloh ibn Mutorrif  “Bir kun tush ko‘rdim, tushimda qabristonga bordim. Qabrlar ochilib ichichdan odamlar chiqdi. Ularga jo‘natilgan turli hil hajmdagi turli sovg‘alarni olib qabrlariga kirib ketishdi. O‘sha chiqqanlardan biri bir daraxt ostiga borib unga suyanib o‘tirdi. Yoniga borib salom berdim, alik olgach qabrdan chiqqanlar kim va olgan narsalari nima ekanligini so‘radim. U “Sen ko‘rgan kishilar mo‘min holatda vafot topgan kishilardir. Ular olgan  narsalar ularning ortidan bag‘ishlangan savoblardir” dedi. “Nega sizga kelmadi” dedim. U kulib turib “Menga juda kattasi keladi. Menga har kuni bittadan xatmi Qur’onning savobi keladi” dedi. “Kimdan” desam “o‘g‘limdan, u falon mahallada yashaydi va falon do‘konda shirinlik tayyorlab sotadi” dedi. Uyg‘onib ertalab o‘sha mahallaga bordim, do‘konni topdim. Qarasam bir yigitni qo‘li ham labi ham tinmayapti. Oldiga borib salom berdim, ismini so‘radim. Alik olgach tushumdagi kishi aytgan ismni aytdim. Unga otasini ko‘rganimni va har kuni xatmi Qur’onni etkazishi aytib, “Nega buncha o‘zingni qiynab har kun xatm qilmasang” dedim. U kulib turib “Otam menga mol dunyo, do‘kon qoldirdi, shundan ozginasini otam uchun sarflasam nima” deb javob berdi”. O‘sha bag‘ishlash bid’at deyayotganlar shofe’iylar yashaydigan joyga borib Qur’on o‘qib savobini bag‘ishlashar ekan. Bizni oldimizga kelib bid’at qilishyapsan der ekan. Ularni maqsadi janjal chiqarishmi bilmadik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 193 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar