Havf namoz

Alloh qilayotgan ishingizda madadkor bo‘lsin Amin.Ustoz o‘zingizga ma‘lum xozirgi kunda namoz masjidda yoki uyda o‘qigan afzal bo‘lib qoldi sizga bermoqchi bo‘lgan savolim quydagicha biz gar ish joyimizda o‘qiydigan bo‘lsak faqt Farz namozini o‘qisak bo‘ladidmi havf bo‘lgani uchun chunki boshqa idoralarda buning uchun muassasalar yopilib o‘z ish faoliyatlarini toxtab qolganini eshitamiz. Shu masalada maslahat bersangiz degan umidda sazga murojat qilgan edim.Alloh barcha musulmonlardan O‘zi rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday xavf va xatar bo‘lsa, farzning o‘zini o‘qisa, bo‘ladi. Ammo odatga aylantirib olmaslik kerak.

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar