Chegirmalarni o‘zimni foydamga olsam bo‘ladimi ?
Assalomu alaykum! Men chet elda yashayman va O‘zbekistanga kargo yuborib tijorat qilamiz. O‘zbekistanda mijozlar bizga pul berishadi va biz ularni pullariga tavar olib yuboramiz, bazan mijozlar bizga tavar linkini yuborishadi. Shu tavarni shuncha miqdorda olib bering deb biz u tavarlarni ular so‘raganidan orzonroq joyini topib olishimiz munkin yoki chegirmalar olishimiz munkin. Misol £1000 lik tavar so‘rashsa xuddi o‘sha tabarni kelishib orzonroq olsam misol £800 ga, buni mijozga aytmay o‘zimni foydam qilib olsam xalol bo‘larimi? Mijoz o‘sha £1000 ga rozi bo‘lib tashlagan, men undan xam orzon ololaman. Ko‘p firmalar bilan kelishsa bo‘ladi, ko‘p yuk olganda yoki qimmat tavar olganda, bu borasida mijozga xabar bermasdan o‘zi rozi bo‘lgan pulni olib chegirmalarini o‘zimizni foydaga qo‘shishim to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz mijozlaringizning savdodagi vakilisiz. Ular uchun tovar sotib olayotganingizda taqdim qilingan chegirmalar mijozlaringizga taqdim qilingan chegirmalar hisoblanadi. O‘rtadagi farqni o‘zingizga olib qolishingiz halol emas. Vallohu a’lam!
28 Sentabr 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 123 | Moliya va tijorat