Shu hayollar maqulmi
Assalomu alaykum! Men qachonki duo qilsam yoki namoz o‘qisam o‘zimni Allohni taniganday his qilyabman va qalbimda qandaydir his tuyg‘ular paydo bo‘lyabdi. Allohga nido qilgandek(suhbatlashgandek) bo‘lyabman ammo, bu ishm hato bo‘lsa amallarim qabul bo‘lmasligidan yani shirk keltirib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Allohni tanishlik , Alloh bilan gaplashishlik haqida eshitdim, mening tuyg‘ularim ham shundaymikin deb o‘ylayabman. Iltimos, menga maslahat beringlar. Shu to‘g‘rimi yoki hayollarimni yangilaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima bo‘lganda ham xayolingizda Allohni tasavvur qilmang. Uni ko‘rib turgandek duo va namoz o‘qish shariatimizda maqtalgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan uzun hadisda quyidagicha keladi: «Menga ehson haqida xabar ber», deyish bo‘ldi. «Ehson» lug‘atda «yaxshilik, go‘zal ish» ma’nosini anglatadi. Uning bu hadisdagi ma’nosi esa, ulamolarning aytishlaricha, «ixlos» ma’nosidadir. Javobda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining oz iboralar bilan ko‘p ma’noni ifoda eta olish qobiliyatlarini ko‘rsatdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ehson ta’rifida:
«Allohga xuddi Uni ko‘rib turganingdek, agar sen Uni ko‘rmasang, U seni ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing», dedilar.
Ushbu ta’rifni va u orqali «ehson»ni to‘liq va to‘g‘ri tushunish uchun avvalo «ibodat» so‘zining ma’nosini batafsil anglab olmog‘imiz lozim. Bizda «ibodat» deganda namoz o‘qish, ro‘za tutish, haj qilish kabi narsalar tushuniladi. Albatta, bu narsalar ulkan ibodatlardir. Lekin ibodat ma’nosi faqat ushbu narsalar bilan chegaralanmaydi. Bu so‘z «abada» fe’lidan olingan bo‘lib, «qullik qildi – qul bo‘ldi» ma’nosini bildiradi. Abdulloh Allohning quli, deganidir. Demak, ibodat qullik qilish ma’nosidadir. Bu ma’no forschasiga «bandalik» deyiladi. Agar namoz, ro‘za va hajnigina ibodat deydigan bo‘lsak, o‘sha ibodatlarni ado etish paytida Allohga qullik qilinadi-yu, undan keyin Allohga qullik to‘xtaydimi? Unda inson namoz, ro‘za va hajdan boshqa vaqtda kimga qullik qiladi? Inson namoz o‘qib, ro‘za tutib, haj qilayotganida Allohni ko‘rib turgandek bo‘lishga harakat qilishi lozim-u, boshqa vaqtda lozim emasmi? Yoki o‘sha ibodatlar paytida Alloh meni ko‘rib turibdi, deb tasavvur qilishi kerag-u, boshqa vaqtlarda ko‘rmayapti, deb, o‘z bilganini qilaverishi kerakmi?
Yo‘q, aslo unday emas! Alloh taologa insonning bandaligi-qulligi doimiydir. Namoz o‘qiyotgan inson ham, uxlayotgan inson ham Allohning bandasi. Ro‘za tutayotgani ham, ro‘za tutmayotgani ham Alloh taoloning bandasi. Haj qilayotgani ham, ilojini qila olmay, hajdan qolgani ham Alloh taoloning bandasi. Gap faqat o‘sha banda tomonidan o‘zining bandaligini tan olishida! Ya’ni, «Allohning quliman» degan odamning Allohga qullik qilishida! Boshqacha qilib aytganda, hayotning hamma sohalarida Allohning aytganini qilib yashashida! Bir xo‘jayinning xojaligini bo‘yniga olib, unga xizmatkor bo‘lgan kishi xo‘jayinning aytganlarini qilmasa, xizmatkorligi qolmaydi. Xojasidan qilmishiga yarasha jazo olishiga to‘g‘ri keladi. Allohga qul bo‘lgandan keyin ana shu qullikni o‘rniga qo‘yib yashamoq kerak. Shuning uchun ham ulamolarimiz: «Allohning roziligiga etkazadigan har bir ish ibodatdir», deydilar. Shundan kelib chiqib, musulmon odam har lahzada Alloh taoloni ko‘rib turgandek ixlos bilan yashamog‘i, U Zotning roziligini olishga harakat qilmog‘i kerak. Agar bu oliy maqomga erishishga ojizlik qilsa, har lahzasini Alloh taolo meni ko‘rib turibdi, degan e’tiqod bilan o‘tkazib, o‘shanga yarasha harakatda bo‘lmog‘i lozim. Ana o‘shandagina ehsonning quyi darajasiga erishadi.
Agar bu darajaga erisha olmasa, namoz vaqtida Allohga, kasbi-kor paytida esa molu dunyoga bandalik qiladi. Ro‘za paytida Allohga, ovqatlanish paytida qorniga bandalik qiladi. Haj paytida Allohga, boshqa paytda esa turli urf-odatlarga yoki boshqa narsalarga qullik qiladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 169 | Ruhiy tarbiya