Nomoz o‘qish

Assalomu alaykum! Mening savolim shuki men nomoz o‘qishni o‘rganmoqchiman, nomoz kitoblarini o‘qiyapman lekin hech kallamga kirmayapdi. Nima qilsam bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozlaringizni jamoat bilan birga o‘qing. Allohu akbar deb quloq qoqib, imomga ergashib amallarni bajaraversangiz zimmangizdan soqit bo‘ladi. Qolganini sekin-asta o‘rganaverasiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar