Suflash bormi
Assalomu alaykum! Uyquga yotishdan avval Qur’oni Karimdan bir necha oyat o‘qib, so‘ng "suf-suf" deyish mumkinmi? Bu kuf-suf so‘zidan olinmaganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mumkin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَوَى إِلَى فِرَاشِهِ كُلَّ لَيْلَةٍ جَمَعَ كَفَّيْهِ ثُمَّ نَفَثَ فِيهِمَا فَقَرَأَ فِيهِمَا قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ وَ قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ وَ قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ ثُمَّ يَمْسَحُ بِهِمَا مَا اسْتَطَاعَ مِنْ جَسَدِهِ يَبْدَأُ بِهِمَا عَلَى رَأْسِهِ وَوَجْهِهِ وَمَا أَقْبَلَ مِنْ جَسَدِهِ، يَفْعَلُ ذَلِكَ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotsalar, ikki kaftlariga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbinnaas» suralarini o‘qib, dam solib, imkon qadar badanlariga surtib yotar edilar. Avval boshlari va yuzlaridan boshlar edilar. Keyin tanalarining old tarafiga o‘tar edilar. Shu narsani uch marta qilar edilar».
Buxoriy rivoyat qilganlar.
Sharh: Qadimdan bizda ushbu hadisi sharifda zikr qilingan uch suraga «Kaafirun» surasini qo‘shib, «chor qul» deb atab kelishgan. Mazkur suralardagi jamlovchi ma’nolar, Alloh subhanahu va taoloning tavhidi, shirkning inkori va boshqalar sababidan ularning fazli ulug‘ bo‘lgan.
Biz ham bu hadisi sharifga amal qilib, har kecha mazkur surai karimalarni o‘qib, dam solib, iloji boricha badanlarimizga surtib yotsak, o‘zimiz uchun yaxshi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim