Pora va hadya
Assalomu alaykum! Bir saytdan "Birovdan ishni to‘g‘rilab berishini so‘rasa, pora haqida gap-so‘z bo‘lmasa, so‘ng o‘sha ishni to‘g‘rilab berganidan so‘ng porani bersa, olimlar buning hukmi borasida turlicha fikrlar bildirganlar. Ayrim ulamolar olishni halol bo‘lmaydi, degan bo‘lsalar, ayrim ulamolar halol bo‘ladi, deganlar. Mana shu sahihdir! Chunki, bu yaxshilik va yaxshilikka berilgan mukofot bo‘lib, bu halol bo‘ladi. Xuddi bu imom-domlaga va muazzinga biror narsa bergandekdir. Uni shart qilmasdan bersalar, yaxshi ish hisoblanadi." gaplarini o‘qib qoldim. Menda savol tug‘ildiki agar davlat xizmatchisi o‘ziga yuklatilgan vazifasini astoydil tezlashtirib qilsa va undiriladigan davlat to‘lovlarini to‘liq undirsa, tadbirkor bilan oldindan til biriktirish, ta’magirlik bo‘lmagan bo‘lmasa, shu ishni bitirib berganlik uchun tadbirkor tomonidan davlat xizmatchisiga beriladigan pul halol bo‘ladimi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda bunday deyilgan:عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ السَّاعِدِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: اسْتَعْمَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلًا عَلَى صَدَقَاتِ بَنِي سُلَيْمٍ يُدْعَى ابْنَ اللُّتَبِيَّةِ، فَلَمَّا جَاءَ حَاسَبَهُ قَالَ: هَذَا مَالُكُمْ، وَهَذَا هَدِيَّةٌ. فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «فَهَلَّا جَلَسْتَ فِي بَيْتِ أَبِيكَ وَأُمِّكَ، حَتَّى تَأْتِيَكَ هَدِيَّتُكَ إِنْ كُنْتَ صَادِقًا». ثُمَّ خَطَبَنَا فَحَمِدَ اللهَ وَأَثْنَى عَلَيْهِ ثُمَّ قَالَ: «أَمَّا بَعْدُ، فَإِنِّي أَسْتَعْمِلُ الرَّجُلَ مِنْكُمْ عَلَى الْعَمَلِ مِمَّا وَلَّانِي اللهُ، فَيَأْتِي فَيَقُولُ: هَذَا مَالُكُمْ، وَهَذَا هَدِيَّةٌ أُهْدِيَتْ لِي. أَفَلَا جَلَسَ فِي بَيْتِ أَبِيهِ وَأُمِّهِ حَتَّى تَأْتِيَهُ هَدِيَّتُهُ، وَاللهِ لَا يَأْخُذُ أَحَدٌ مِنْكُمْ شَيْئًا بِغَيْرِ حَقِّهِ، إِلَّا لَقِيَ اللهَ يَحْمِلُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، فَلَأَعْرِفَنَّ أَحَدًا مِنْكُمْ لَقِيَ اللهَ يَحْمِلُ بَعِيرًا لَهُ رُغَاءٌ، أَوْ بَقَرَةً لَهَا خُوَارٌ، أَوْ شَاةً تَيْعَرُ». ثُمَّ رَفَعَ يَدَهُ حَتَّى رُئِيَ بَيَاضُ إِبْطِهِ يَقُولُ: «اللَّهُمَّ هَلْ بَلَّغْتُ». بَصْرَ عَيْنِي وَسَمْعَ أُذُنِي Abu Humayd Sa’diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Banu Sulaymning zakotiga Ibn Lutabiyya degan odamni omil qilib tayinladilar. U qaytib kelgach, hisob-kitob qildilar. U: «Bu sizlarning molingiz, bu esa hadya», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rostgo‘y bo‘lsang, hadyang oldingga kelguncha ota onangning uyida o‘tiravermabsan da», dedilar. Keyin bizga xutba qilib, Allohga hamdu sano aytdilar va shunday dedilar: «Ammo ba’d. Men sizlardan bir kishini Alloh menga topshirgan amallardan biriga omil qilib tayinlayman. U bo‘lsa kelib, «Bu sizlarning molingiz, bu esa menga qilingan hadya», deydi. Unday bo‘lsa, hadyasi oldiga kelguncha ota onasining uyida o‘tiravermabdi da! Allohga qasamki, birortangiz biror narsani nohaq olar ekan, qiyomat kuni o‘shani ko‘targan holda Allohga ro‘baro‘ bo‘ladi. Birortangizning o‘kirib turgan tuya, bo‘kirib turgan mol yoki ma’rab turgan qo‘yni ko‘targan holida Allohga ro‘baro‘ bo‘lganini ko‘rmayin!» dedilar. So‘ngra: «Allohim, etkazdimmi?» deb, qo‘llarini ko‘tardilar, hatto qo‘ltiqlarining oqi ko‘rindi. (Buni) ko‘zim ko‘rgan, qulog‘im eshitgan».
Sizga ham shu so‘z aytiladi: Agar sizning aytayotgan so‘zingiz rost bo‘lsa, aytingchi, o‘sha mansabda ishlamaganingizda va ota-onangizning uyida o‘tirgan bo‘lganingizda o‘sha hadyalar sizga berilarmidi? Agar javob “Yo‘q” bo‘lsa, demak sizga berilgan hadyalarning egallab turgan lavozimingizni bajarishda haddan oshishingiz yoki sustkashlik qilmasligingizga aloqasi bor. Vaholanki, mansabingizda haddan oshishingiz ham sustkashlik qilishingiz ham joiz emas. O‘zingizga xolis savol berib ko‘ring, agar sizga hadyalar kelishi to‘xtasa, o‘sha ishni maromiga etkazib bajararmidingiz? Sizga berilgan hadyalar uning sohibiga nisbatan o‘zgacha muomala qilishingizga undaydimi? Hadyaning sizga zarracha ta’siri bo‘lmagan taqdirda ham boshqa mansab egalariga ta’siri bo‘lishi va ularda ta’ma urug‘i tomir otib, hadyasiz ish bitirib bo‘lmaydigan holga kelib qolishi mumkin. Shariat harom ishni ta’qiqlash bilan birga unga olib borishi mumkin bo‘lgan sabablarni ham man qiladi. Vallohu a’lam!
28 Sentabr 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 117 | Halol va harom