Brovning xaqqi

Assalomu alaykum! Bugungi kunda xalol va xarom luqmadan insonlar qorqme qolgan, birovni xaqqini qo‘rqme eydigon bo‘lib ketishyabti, man Toshkentda o‘qiyman va uyga ko‘p borib kelamiz, bizday talabalar judayam ko‘p, 3 yil davomida uyga taksi orqali borib kelaman. Bu savolimni Namanganda joylashgan Afsonalar vodiysi Masjidi oldidagi toshkent pitak taksistlari o‘qishini xoxlardim. Savolim shundan iboratki man yaqinda Namangan shaxridan Toshkentga borish uchun taksist bilan 90 ming so‘mga chiqqan joyimdan toshkentdagi uyimgacha kelishtim va u inson Toshkent shaxriga kirishdagi Parkent tumaniga etkanda bir o‘ziz qoldiz yo‘lovchilardan u yog‘iga 10 ming kam bering o‘ziz taksiga chiqib keting dedi. Man ko‘nmadim va u inson man o‘zim sizga taksi gaplashib beraman 90 ming ichidan o‘zim to‘lab qo‘yaman dedi va 20 ming so‘mga taksi gaplashti yuklarim ko‘p edi. Joylashtirdim va 100 ming so‘m pul berdim namangadan olib kelgan taksiga va u menga 10 ming qaytim va 20 ming so‘m taksiga qaytish kerak edi lekin u inson manga 15 ming berib chalg‘itip xavo sovuq edi uka tezro bo‘ling deb ketvordi. Man xisobta 90 minga keledigon joyimga 105 minga etib keldim. Man rozi emasman, unday insonlarni xukmi qanday va man rozi bo‘lmasam xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomat kuni har bir haqdorga haqqi olib beriladi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ؟ قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ وَلَا مَتَاعَ، فَقَالَ: إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصَلَاةٍ وَصِيَامٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، وَسَفَكَ دَمَ هَذَا، وَضَرَبَ هَذَا، فَيُعْطَى هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يُقْضَى مَا عَلَيْهِ أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kasodga uchragan kimligini bilasizlarmi?» dedilar.

«Bizning ichimizda kasodga uchragan dirhami ham, matohi ham yo‘q odam», deyishdi.
«Albatta, ummatimdan kasodga uchragani qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan, ammo buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odamdir.
Bunga uning savoblaridan berilur, anavinga ham uning savoblaridan berilur. Agar uning zimmasidagi narsa tamom bo‘lmasdan avval savoblari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib, uning ustiga tashlanur. So‘ngra u do‘zaxga tashlanur», dedilar».
Sharh: To‘liq ma’noda kasodga uchragan odam bu dunyoda odamlarga yomonlik qilgan kishi ekan. Ushbu hadisi sharifda o‘sha kasodga uchraganlarning eng yaxshisi haqida so‘z ketmoqda. Chunki u qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan bo‘ladi.
Avval o‘sha kasodga uchragan baxtsizning savoblari bo‘lsa, ularni olib, undan yomonlik ko‘rgan bechoralarga taqsimlab beriladi.
Keyin esa mazkur kasodga uchragan baxtsizning ustiga bu dunyoda uning yomonligidan zarar topgan bechoralarning gunohlari yuklanadi.
Oxirida o‘sha kasodga uchragan baxtsiz jahannamning qa’riga uloqtiriladi.
Ana, ko‘rdingizmi, birovni so‘kish, birovning obro‘sini to‘kish, birovning molini eyish, birovning qonini to‘kish va birovni urish qanday ham yomon ish! Bas, bularga o‘xshagan yomon ishlardan saqlanaylik. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَتُؤَدَّنَّ الْحُقُوقُ إِلَى أَهْلِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُقَادَ لِلشَّاةِ الْجَلْحَاءِ مِنَ الشَّاةِ الْقَرْنَاءِ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, qiyomat kuni haqlarni o‘z ahliga ado qilursiz. Hattoki, shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yga o‘ch olib beriladi», dedilar».

Ikkisini Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar