Voyaga etmagan paytdagi o‘g‘irlik

Assalomu alaykum! Inson voyaga etmagan paytida o‘g‘irlagan narsasini qaytarishi shart emasligi rostmi? Qiymati arzimas narsa bo‘lsa ham.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Voyaga etmagan shaxs o‘g‘irlik qilsa unga gunoh yozilmaydi, lekin o‘g‘irlagan narsasining ayni o‘zini, yoki (agar asli yo‘q qilingan bo‘lsa) uning o‘xshashini, yoki (o‘xshashi mavjud bo‘lmasa) uning qiymatini to‘lab berishi shart. Chunki o‘g‘irlik bu Alloh taolo harom qilgan ish bo‘lishi bilan birga bandaning haqqiga tajovuzdir. Go‘dakning qilgan gunoh ishi kechirilsa ham zimmasidagi bandalarning haqqi o‘tib berilmaydi. Vallohu a’lam!

1 Oktabr 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 126 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar