Zinokorni tavbasi
Assalomu alaykum! Ba’zi manbaalarda eshitib yo o‘qib qolamiz zinokor ayol astoydil tavba qilsa Alloh hohlasa kechiradi ekan. Mabodo o‘sha ayolni eri kechirmasachi(balki xabardordir balki bexabardir) shunda xam Alloh hohlasa kechiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zinokor ayolning tavbasi qabul bo‘lishi uchun uning eridan rozilik olishi shart qilinmagan. Balki zino qilgani alohida gunoh, bu qabohat bilan eriga zulm qilgani alohida gunohdir. Oxiratda ikkisi uchun alohida so‘roq bo‘ladi.
Ba’zi kishilar istig‘for haqida aytilgan fikrlarni noto‘g‘ri tushunib, inson har qancha gunoh ishlarni qilsa ham, ularning kechirilishi oson ekan, degan xulosaga kelishi mumkin. Aslida esa unday emas. Bu masalada og‘zaki gaplar kifoya qilmaydi, balki sodir bo‘lgan gunohga sidqidildan nadomat chekish, uni qayta takrorlamaslikka azmu qaror qilib, shu qarorga amal qilish ham zarur.
Allohning mag‘firatiga erishish uchun osiylikdan tavba qilish kerak. Tavba – qaytish demakdir. «Inson tavba qildi» degani «xatolardan, gunohlardan qaytdi, avval sodir etgan gunohlariga nadomat (afsus) qildi» deganidir. Qur’on tavbaga katta ahamiyat berib, ko‘pgina oyatlarda uni eslatib o‘tadi:فَمَن تَابَ مِن بَعْدِ ظُلْمِهِ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ اللّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ «Kim zulmidan keyin tavba etsa va isloh qilsa, Alloh albatta tavbasini qabul qiladir. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (Moida surasi, 39-oyat).وَإِذَا جَاءكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِنَا فَقُلْ سَلاَمٌ عَلَيْكُمْ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَى نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ أَنَّهُ مَن عَمِلَ مِنكُمْ سُوءًا بِجَهَالَةٍ ثُمَّ تَابَ مِن بَعْدِهِ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ «Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltiradiganlar kelsalar, «Sizlarga salom bo‘lsin, Robbingiz O‘z zimmasiga rahmatni yozdiki, sizdan kim jaholat ila yomonlik qilsa, so‘ngra undan keyin tavba qilsa va isloh qilsa, bas, albatta, U o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir», deb ayt» (An’om surasi, 54-oyat).
Ko‘pincha Qur’oni karimda «istig‘for» va «tavba» so‘zlari ketma-ket kelgan: «Parvardigoringizga istig‘for ayting, so‘ngra Unga tavba qiling» kabi. Chunki tavbaga undovchi narsa istig‘fordir. Shulardan ko‘rinib turibdiki, Allohning mag‘firatini so‘rashda tavba izhor qilishdan boshqa yo‘l yo‘q. Chunki gunohkor kishi to‘g‘ri yo‘ldan yuz o‘girgan bo‘ladi. Modomiki, u gunohlaridan qaytmas ekan, mag‘firat talab qilishga imkoni yo‘q. Demak, istig‘for zaruriy narsa bo‘lib, tavba uni to‘ldirib keladi. Qur’on talab qilgan tavba gunoh sodir bo‘lishi bilan darhol bajarilishi kerak. Vaqt o‘tib, yomonliklar gazak olib ketmasligi lozim. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:إِنَّمَا التَّوْبَةُ عَلَى اللّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السُّوَءَ بِجَهَالَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍ فَأُوْلَئِكَ يَتُوبُ اللّهُ عَلَيْهِمْ وَكَانَ اللّهُ عَلِيماً حَكِيماً «Jaholat-la yomonlik qilib qo‘yib, so‘ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o‘shalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir» (Niso surasi, 17-oyat).
Alloh tavbaning qabul bo‘lishiga ikkita shart qo‘ygan:
1. Yomonlikni bilmagan holda qilish.
2. Tezda tavba qilish.
Ammo yomonlikni o‘ziga odat qilib olgan va ajali yaqinlashganda tavba qilgan kishining tavbasi qabul bo‘lmaydi. Bu haqda Niso surasida shunday deyilgan:وَلَيْسَتِ التَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ حَتَّى إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ إِنِّي تُبْتُ الآنَ وَلاَ الَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ أُوْلَئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا «Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o‘lim etganda: «Endi tavba qildim», deganlarga va kofir hollarida o‘lganlarga tavba yo‘q. Ana o‘shalarga alamli azob tayyorlab qo‘yganmiz» (18-oyat).
Qur’on Allohning mag‘firatiga erishish uchun tavba bilan birga yaxshi ishlar ham qilinishi kerakligini eslatadi:وَإِنِّي لَغَفَّارٌ لِّمَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا ثُمَّ اهْتَدَى«Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, solih amal qilgan, so‘ngra hidoyatda yurganlarni ko‘plab mag‘firat qiluvchiman» (Toha surasi, 82-oyat).إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا«Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (Furqon surasi, 70-oyat).
Demak, tavba muhim axloqiy omildir. Kimki uni kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum bo‘ladi. Kimki unga shoshilsa, o‘zini isloh qilgan bo‘ladi va yomonlikni tugatishda katta kuchga ega bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2022, 15:28 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar