Aybi noma’lum bo‘lgan molni tavaakulga sotish yoki sotib olish
Assalomu alaykum! Aybi bor yoki yo‘qligi noma’lum bo‘lgan (ya’ni, molni aybi bor yoki yo‘qligi, faqatgina molni ichini ochgandan keyin, so‘yib ko‘rgandan keyin yoki remont uchun maydalab ko‘rgandan keyingina ma’lum bo‘ladigan) molni, tavakkaliga shuncha pulga sotaman, ichini ochib ko‘rganingizdan keyin, yaxshi chiqsa baxtingiz, yomon chiqsa, siz XARIDOR KUYaSIZ DEGAN ShART BILAN, tavakkaliga sotaman deyish, yoki birov shu shart bilan mol taklif qilyatgan bo‘lsa, shu molni shu shart asosida sotib olish, shariatimizga to‘g‘ri keladimi? (Masalan, aybi noma’lum bo‘lgan shu molni $100 ga tavakkaliga sotaman. Keyin siz ustaga ichidagi shu kichik aybini tuzattirasiz. Tuzalish extimoli 50-50. Tuzalsa, $300 ga sota olasiz. Tuzalmasa, $100ga olgan molingiz chiqindiga aylanadi deb, ikki taraf ham shu shartga rozi bo‘lib bay qilsa, halol bo‘ladimi.) (ESLATIB o‘taman, bunda sotuvchi va haridor, ikkivo ham, savdo paytida, molning kelajagini 50 ga 50 deb ishonib turgan bo‘ladi. Savdo paytida sotuvchi, molning kelajagini aniq yomon chiqishini sirini bilib turgan bo‘lsa, yoki aksincha, haridor aniq 100 da 100 yaxshi chiqishini sirini bilib turgan bo‘lsa, qarshi tarafni aldayatgan bo‘lishini bilaman.)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xaridor barcha aybu nuqsoni bilan birga rozi bo‘lib sotib olsa, joiz. Xiyori ayb.(Sotilayotgan narsada biror ayb bo‘lsa, hohlasa olish hohlasa qaytarib berish ixtiyori).
Sotuvchi sotayotgan narsasini xaridorga aybsiz holda topshirishi lozim. Agar sotilayotgan narsada biror ayb bo‘lsa, sotish vaqtida uning aybini aytishi kerak. Ayib aytilgandan keyin ham xaridor uni sotib olsa, savdo durust bo‘ladi va keyinchalik xaridor o‘sha ayb sababli savdoni buza olmaydi. Ammo sotuvchi sotilayotgan narsaning aybini aytmasa va xaridor bilmasdan uni sotib olsa, sotuvchi gunohkor bo‘ladi. Bir hadisda zikr qilinishicha Payg‘ambarimiz alayhissalom
“Kim aybli narsaning aybini aytmasdan sotsa, Alloh taoloning g‘azabida bo‘ladi va Maloikalar unga doim la’nat aytib turadi”, ya’ni, kimki biror aybi bor narsani aybini aytmasdan sotsa, Alloh taolo undan rozi bo‘lmaydi va Farishtalar ham unga la’nat aytib turadilar, deganlar. Yana boshqa bir hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom
“Kimki aldasa bizdan emas”ya’ni, kimki bizga (musulmonlarga) frib berib aldasa, u bizdan emas, deganlar.
Bu suratda xaridor biror narsani sotib olsa va unda tijoratchilarning urfida “ayb yoki nuqson” sanaladigan biror ayb topilsa, xaridor o‘sha savdoni buzish huquqiga ega bo‘ladi. Xaridor bu huquqga quyidagi suratlarda ega bo‘ladi.
1. Sotilayotgan narsaning aybi xarid qilingandan keyin emas, balki sotuvchining oldida bor bo‘lganda.
2. Xaridor xarid qilayotganda yoki qo‘lga olayotganda o‘sha narsani aybidan bexabar bo‘lda.
3. Sotuvchi sotayotgan narsasidagi barcha ayblarga yoki ma’lum bir aybga aloqasi yo‘qligini bildirmaganda.
Masalan; sotayotgan narsasini “Bu narsa qanday yoki qaerda bo‘lsa, shundayligicha sotaman keyinchalik aybi chiqsa ham qaytarib olmayman”-deb aytmasa. Ammo, sotuvchi mazkur so‘zlarni aytib “Xaridor o‘zi ham o‘ylab ko‘rsin. Meni undagi aybga hech qanday aloqam yo‘q”- degan ma’noni maqsad qilgan bo‘lsa, shundan so‘ng biror ayb sababli xaridor savdoni buzish huquqiga ega bo‘la olmaydi.
4. Sotilayotgan narsadagi ayb osonlikcha yo‘q bo‘lmaydigan bo‘lganda.
5. Xaridor xarid qilgandan keyin o‘sha narsada sotuvchi qaytarib olaolmaydigan darajada biror bir ayb paydo qilib qo‘ymaganda.
6. Xaridor undagi aybni bilgandan so‘ng uni xarid qilishga roziligini izhor qilmagan bo‘lsa.Xiyori aybning hukmi. Sotilgan narsada biror ayb bo‘lib, xaridor uni hohlasa olish yoki qaytarib berish imkoni bo‘lgan savdoda xaridor sotuvchidan o‘sha aybning evazini to‘lab berishni talab qilishi mumkin emas. Ya’ni, xaridor olgan narsasidagi ayibning miqdoridagi pulni undirish uchun sotuvchini to‘lab berishga majbur qilishi mumkin emas. Xaridor sotilayotgan narsada ayb bor bo‘lishiga qaramay xarid qilishni hohlasa, uning to‘liq pulini beradi yoki shundayligicha qaytarib beradi. Agar sotuvchi o‘z ixtiyori bilan o‘sha ayb sababidan xaridordan olgan pulni ma’lum bir miqdorni qaytarib bersa yoki keyinchalik oladigan pulni ma’lum bir miqdorini kechsa joiz.Xiyori aybning muddati.Sotilgan narsada biror ayb bo‘lib, xaridor uni hohlasa olish yoki qaytarib berish imkoni bo‘lgan savdoda savdoni bekor qilish uchun biror muddat ta’yin qilinmagan. Bunday savdo mobaynida xaridor vafot etib qolsa, savdoni bekor qilish yoki bekor qilmaslik huquqi uning merosxo‘rlariga o‘tadi. Ya’ni, merosxo‘rlar olingan narsani sotuvchiga qaytarib, berilgan pulni qaytarib olishlari mumkin.Xiyori ayb savdosida biror badalga kelishish.Sotuvchi sotgan narsasida ayb bor ekanligiga iqror bo‘lmasa va xaridor u bilan kelishishni hohlab “Bu aybli narsangizni qaytarib olsangiz va men bergan puldan ozrog‘ini olib, qolganini qaytarib bersangiz”-desa, bunday kelishuvlari joiz. Agar sotuvchi sotgan narsasini aybli ekanini tan olsa va qaytarib olayotganda xaridordan olgan puldan ham ma’lum bir miqdorni olib qolishni talab qilsa joiz emas. Chunki, bunday qilish sudxo‘rlik hisoblanadi.
Xaridor sotib olgan narsasida ayb borligi uchun sotuvchiga qaytarib berishi uni qo‘lga kiritishidan oldin bo‘lsa, sotuvchining roziligisiz ham qaytarib beraveradi. Agar uni qo‘lga kiritgandan keyin qaytarib bermoqchi bo‘lsa, sotuvchining roziligi yoki mahkamaning hukmi zarur bo‘ladi.
Mazkur holatdagi savdoda xaridor olgan narsasini sotuvchining oldiga olib kelsa va sotuvchi ham indamay uni olib qolib pulini qaytarib bersa joiz va u yana sotuvchining javobgarligida bo‘ladi. Ya’ni, o‘sha narsa sotuvchi olib qolganidan keyin halok bo‘lsa, sotuvchining o‘zini zarariga bo‘ladi. Ammo, xaridor qaytarib olib kelsayu, sotuvchi pulini qaytarib bermasa, qatarib berildi degan hukmda bo‘lmaydi va u sotuvchining huzurida omonat bo‘lib turadi. Sotilayotgan narsadagi holat tijoratchilar orasida aybli yoki aybsiz deyilishida ixtilof bo‘lsa, u narsa aybsiz hisoblanadi.
Xaridor xarid qilayotganda “Men bu narsani qanaqa aybi bo‘lsa ham olaveraman”-desa yoki “U narsa qanday yoki qaerda bo‘lishidan qatiy nazar olaveraman”-desa undan keyin o‘sha narsada biror ayb topilib qolsa qaytarib bera olmaydi. Agar sotuvchi sotayotgan narsasidagi asosiy aybni aytmasdan qandaydir arzimas aybini aytsa va xaridor o‘sha arzimas aybga rozi bo‘lib olsayu, keyin o‘sha asosiy aybni ko‘rsa savdoni bekor qilishi mumkin.Xiyori ayb qachon tugaydi?(Xarid qilingan narsada biror ayb bo‘lsa, qachongacha uni olish yoki qaytarib berish mumkin?).Sotilayotgan narsada qachon biror ayb ko‘zga tashlansa, xaridor uni olish yoki qaytarib berish huquqiga ega bo‘ladi. Quyidagi holatlardan so‘ng xaridorga bunday ixtiyor qolmaydi.
1. Uni aybli bo‘lishiga qaramay olishga roziligini bildirsa.
2. Aybini bilganidan keyin ham uni o‘zining narsasi kabi ishlatib yuborsa.
3. Uni uchinchi shaxsga sotib yuborsa yoki ijaraga berib yuborsa.
4. Uni tuzatsa yoki u biror jonivor bo‘lsayu uni davolasa.
5. Uni biror kishining oldiga garovga qo‘ysa.
6. Uni biror kishiga sovg‘a qilib yuborsa.Xiyori aybda qaytarib berish mumkin bo‘lmasa xaridorning ixtiyori nima bo‘ladi?Quyidagi suratlarda xiyori ayb sababli qaytarib berish mumkin bo‘lmaydi. Ammo xaridor aybli va aybsiz narsaning orasidagi farqni sotuvchidan undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.
1. Xarid qilgandan so‘ng u narsada yangi ayb paydo bo‘lsa.
2. Xaridor materialni tikish uchun qirqib olganidan yoki u narsa jonvor bo‘lib uni so‘yganidan keyin uning aybli ekani ma’lum bo‘lsa.
3. Materialni qirqib olganidan keyin sotib yuborgan bo‘lsa.
4. Talqonni sotib olgandan keyin unga suvni aralashtirsa yoki unni sotib olgandan keyin uni xamir qilib qo‘ysa.
5. Xarid qilgan eriga daraxt ekib qo‘ysa yoki unga biror bino qurib qo‘ysa.
6. Xomashyoni eritib qo‘ysa, keyin o‘sha narsadan talab qilingan narsaning hosil bo‘lmasligi ma’lum bo‘lsa.
Ushbu barcha suratlarda qaytarib berish imkoni bo‘lmaydi. Ammo xaridor sotuvchidan o‘sha narsaning qiymatini farqini undirib olish huquqiga ega bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 121 | Moliya va tijorat