Salom bermaslik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, arxivdan narda, karta va shunga o‘xshash o‘yinlar o‘ynayotgan odamlarga salom bermaslik kerak ekanligini bildik. Savolim shuki  unday odamlarga (ya’ni bizlarga bo‘laveradi yoki bizlarga farqi yo‘q deydiganlar) butunlay salom berilmaydimi yoki o‘sha o‘ynab o‘tirgan holatidagina salom berilmaydimi? Chunki unday odamlar bilan birga yashashga, ishlashga va bir to‘y yoki marakalarda birga bo‘lishga majbur bo‘lib qolamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular o‘sha ishning ustida ekanida salom berish joiiz emas. Boshqa vaqtda joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar