Koreyaga ishga yuborish

Assalomu alaykum! Mahallamizda bir ibodatli koreyts tili o‘qituvchi akamiz bor. Uyida koreyts tilidan dars beradi. Shu bilan birga koreyaga bollarni ishlashga tayyorlaydi. Bu sohada adashmasam 10 yildan beri ishlab kelmoqda. Mahallaning talaba bolalarida umuman pul yo‘q. U aka aytadiki o‘zim o‘qitib tayyorlayman va boshqa barcha viza, bilet, tibbiy ko‘rik va boshqa xarajatlarni ko‘taraman deydi. Faqat 1 yil ishlagan pulingni barchasini menga yuborasan deydi. Koreyts tili o‘qituvchisi 5.000 $ xarajat qilganda ham ishlashga yuborgan talabasi eng kamida 2.000$ oylik oladi. Koreys tili o‘qituvchisi ishga yuborgan talaba bolalardan bir yillik yuborgan pulini olishi joizmi? Talaba yigitlarni 5.000$ qarz qilib topishni ham imkoni yo‘q va ular bunga o‘zlari ham rozi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalada til o‘rgatish va koreyaga jo‘natish uchun ish haqini noaniq narsaga bog‘lab qo‘yish, ya’ni, ularning bir yillik ish haqi deb belgilash holat bor ekan. Bu nizoga olib boruvchi noaniqlik hisoblangani uchun shar’an joiz emas. Agar allaqachon shu shaklda bitm tuzilgan va bajarishga kirishilgan bo‘lsa o‘sha “bir yillik ish haqi” emas, balki qanday ish bajarilgan bo‘lsa (ushbu holatda - til o‘rgatish va koreyaga jo‘natish) o‘shaning evaziga urfda o‘rtacha to‘lanadigan haqni berish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 112 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar