Ribo nasiya
Assalomu alaykum! Men nasiya ribosi xakida o‘qib qoldim. Unda aytiladiki 1 kg bug‘doyga 2 kg arpa almashtirsa bo‘ladi leki bu yuzma-yuz, tanalar bir biridan ajramay turib bo‘lishi kerak ekan. Quyidagi xadisni xam o‘qidim : Molik ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yuz dinorni sarf qilmoqchi – almashtirmoqchi bo‘ldim. Bas, meni Tolha ibn Ubaydulloh chaqirdi. Ikkovimiz kelishdik va u menga almashtirib beradigan bo‘ldi. Tillani olib, qo‘lida aylantirib turib, «Xazinachim o‘rmondan kelsin», dedi. Buni eshitib turgan Umar: «Allohga qasamki, undan olguningcha ajramay tur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tillaga tilla (almashtirish) ribodir. «Ol!», «Ber!» bo‘lsa, mustasno. Bug‘doyga bug‘doy ribodir. «Ol!», «Ber!» bo‘lsa, mustasno. Arpaga arpa ribodir. «Ol!», «Ber!» bo‘lsa, mustasno. Xurmoga xurmo ribodir. «Ol!», «Ber!» bo‘lsa, mustasno», deganlar», dedi».
Savolim shundayki: Men Finlyandiya davlatida ishlayman bu erdan ishlab topgan pulimni shu erdagi bir birodarimga dollar qilib olishim va O‘zbekistanga yuborishim uchun beraman va keyin ayrboshlagan pulni yani dollarni otam uning O‘zbekistandagi uyidan oladi. Bu erda nasiyaa ribosi qilib qo‘ymadimmi yoki bu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul ayirboshlashda qo‘lma-qo‘l bo‘lishi shart. Siz avval pulingizni ayirboshlab oling, so‘ngra uyingizga jo‘nating. Vallohu a’lam!
6 Oktabr 2022, 14:44 | Savol-javoblar | 127 | Moliya va tijorat