Munosabatlarni islox qilish

Assalomu alaykum! O‘zimni taniganimdan beri otam doimo arzimagan narsa tufayli, yoki bir necha yilgi gaplarni ko‘tarib uyda janjal qilib xaftalab bizlar bilan gaplashmaydilar. Deyarli xar kun aroq ichadilar. Balki shu sabab shayton vasvasa qilar, bilmadim. O‘zlariga buni vazifa qilib olganlardek go‘yo, chunki dadamni o‘zlaridan eshitganmiz "Sanlarni vaqti vaqti bilan urushmasam boshimga chiqib olasanlar" degan gaplarini. Onam buvimni ko‘rib kelishga dadamdan ruxsat so‘rasalar "onang falon bo‘lsin, fiston bo‘lsin" deb so‘kadilar. Ota onani silai raxm qilish farzligini va bunga erning ruxsati kerakmasligini aytsam xam foyda bo‘lmadi. Xatto bobom vafotlaridan oldin og‘ir kasal bo‘lganlarida shu ishlarini qildilar. Yaqinda yana shu axvol qaytirilib onam manga yig‘lab telefon qilib otamni qilganlarini aytib berdilar. Ezilib kasal bo‘lishlaridan qo‘rqib onamga buvimnikida 1 xaftacha qolishlarini aytdim. Balki otam tushunar onam uyda bo‘lmasa xayotlari qanchalik o‘zgarishini. Alloh Taolo ota onani martabasini ulug‘lagani va ularga yaxshilik qilishga amr qilgani uchun tilimni tiyib otamga qattiq gapirmay aralashmaslikga xarakat qilaman. Bunday xolatda man nima qilganim afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaziyat har qancha jiddiylashsa ham otangizga qo‘pol muomala qilmang. Masalaning engil echimini tuting. U kishining dilini og‘ritib oqq bo‘lib qolishdan hazir bo‘ling. Lekin bu uning botil ishlariga jim qarab turish kerakligini anglatmaydi. Balki bor imkoniyatingizni ishga solib vaziyatni o‘nglashingiz kerak, faqat bu oqq bo‘lishdan ehtiyot bo‘lgan holda bo‘lsin. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 109 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar