Reshotka qilingan hovli

Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada eshitishimcha- "uyini oldini reshotka bn o‘rab olganlar, bilsinki reshotkasini olmagunicha Allohni lanati bo‘ladi, u kim bo‘lsa ham hattoki 30 pora Qur’an yodlagan bo‘lsa ham "- dedi bir qori. Bizni hovlini orqa tomonida gullar, daraxtlar ekilga reshotka qilinga, chunki ko‘chani usti u erdan mollar o‘tadi oralab ketishi mumkin. Ln ko‘cha alohida, ko‘chani hisobidan qo‘shib olmaganmiz. Ln yo‘l haqiqatda sal torroq , hamma qo‘shnilar bir hil tekis qilib to‘siqlar qo‘ygan o‘zini hududiga. Xullas biz reshotkani olib tashlashimiz kerakmi? Qorini gapi bo‘yicha ? Aynan nimani nazarda tutib bunday degan tushunmadim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z eriga to‘siq (panjara) qo‘yishning zarari yo‘q. O‘zganing eriga to‘siq qo‘yish uning erini tortib olishdir. O‘zganing erini tortib olgan va o‘zlashtirganlar Allohning la’natiga va qiyomatda og‘ir azobga duchor bo‘ladilar. 
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda bunday aytilgan:حَدَّثَنَا أَبُو الطُّفَيْلِ عَامِرُ بْنُ وَاثِلَةَ، قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، فَأَتَاهُ رَجُلٌ، فَقَالَ: مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُسِرُّ إِلَيْكَ، قَالَ: فَغَضِبَ، وَقَالَ: مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُسِرُّ إِلَيَّ شَيْئًا يَكْتُمُهُ النَّاسَ، غَيْرَ أَنَّهُ قَدْ حَدَّثَنِي بِكَلِمَاتٍ أَرْبَعٍ، قَالَ: فَقَالَ: مَا هُنَّ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ؟ قَالَ: قَالَ: لَعَنَ اللهُ مَنْ لَعَنَ وَالِدَهُ، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ ذَبَحَ لِغَيْرِ اللهِ، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ آوَى مُحْدِثًا، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ غَيَّرَ مَنَارَ الْأَرْضِAbu Tufayl Omir ibn Vosila aytadi: 
«Aliy ibn Abu Tolibning huzurida edim, bir kishi kelib, unga: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam sizga nimalarni sir qilib aytganlar?» dedi. Uning (Aliyning) jahli chiqib, «Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga hech narsani odamlardan yashirib aytmaganlar. Lekin u zot menga to‘rt narsani aytganlar», dedi. Shunda u: «Ey mo‘minlarning amiri! Ular nimalar edi?» dedi. (Aliy) shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Otasini la’natlaganni Alloh la’natlasin. Allohdan boshqaga atab qurbonlik qilganni Alloh la’natlasin, bid’atchiga boshpana berganni Alloh la’natlasin, er belgisini o‘zgartirganni ham Alloh la’natlasin», deganlar».
* Er belgisi – er maydonining hududini, chegarasini belgilovchi narsa. Er belgisini o‘zgartirish deganda belgilangan hudud yoki er maydonining chegarasini o‘zboshimchalik bilan, o‘z foydasiga o‘zgartirib olish tushuniladi.حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ: أَنَّ أَبَا سَلَمَةَ حَدَّثَهُ أَنَّهُ كَانَتْ بَيْنَهُ وَبَيْنَ أُنَاسٍ خُصُومَةٌ، فَذَكَرَ لِعَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، فَقَالَتْ: يَا أَبَا سَلَمَةَ، اجْتَنِبِ الْأَرْضَ، فَإِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ ظَلَمَ قِيدَ شِبْرٍ مِنَ الْأَرْضِ طُوِّقَهُ مِنْ سَبْعِ أَرَضِينَMuhammad ibn Ibrohim bunday so‘zlab berdi:
«Abu Salamaning aytishicha, u bilan bir guruh odamlar o‘rtasida (bir er xususida) da’volashuv bor ekan. U buni Oisha roziyallohu anhoga aytgan ekan, u: «Ey Abu Salama, erdan uzoqroq bo‘l. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir qarich erni nohaq o‘zlashtirib olsa, uning bo‘yniga etti qavat er osib qo‘yiladi», deganlar», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar