Openbudget haqida

Assalomu alaykum! Openbudget loyihasi haqida xabaringiz bo‘lsa kerak. Ovoz berishda bir insonning bir nechta sim kartasi bo‘lishi mumkin va har bir sim kartadan ovoz berish mumkin. Bunda bir inson bir nechta sim kartasidan bir nechta ovoz berishi soxta guvohlik bo‘lib qolmaydimi? Umuman bunday qilish joizmi? Ba’zilar esa 100 lab sim karta sotib olib ovoz berib 1-o‘rinni olishmoqda, ularning o‘ylashicha buni xayrli ish uchun qilishmoqda, lekin xayrli ishni nojoiz yo‘l bilan qilmaslik kerakku, to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Ovoz berish qoidalariga amal qilish shart. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2022, 21:04 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar