Folbinga borishning farzandlariga tasiri
Assalomu alaykum! Otam folbinga boradilar. Folbindan xar-xil buyumlar olib keladilar barglar, suvlar, va xokazolar olib kelib sepadilar yoki yokadilar. Bu esa onamni singlimni namozdan uzoqlashtiryapti. Men otamga qarshi chiqib qaytaraymi yoki indamaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishlar aksar hollarda folbinlik, folbinlik qilish harom, uning gapini tasdiqlashdan hadislarda qattiq qaytarilgan. Qo‘pollik qilmasdan, baxslashmasdan aytsangiz bo‘ladi. Ammo ish urish janjal yoki norozichilikka aylanadigan bo‘lsa siz emas ularga gapi o‘tadigan odamlarni ishga solish kerak.عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَMo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan.
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozining qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib, undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqi yo‘q.
Ammo kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin!عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ أَوْ أَتَى امْرَأَتَهُ حَائِضًا أَوْ أَتَى امْرَأَتَهُ فِي دُبُرِهَا فَقَدْ بَرِئَ مِمَّا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa yoki xotiniga hayz chog‘ida yaqinlik qilsa yoki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil etilgan narsadan tonibdi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Mulohaza qiladigan bo‘lsak, xotiniga hayz chog‘ida yoki orqa tomonidan yaqinlik qilish sog‘liqqa zarar bo‘lganligi uchun harom qilingan. Endi shu ikki narsaga folbinga borish va uni tasdiqlash qo‘shilishida bu ishda ham ma’naviy, ham sihhiy (tibbiy) zarar borligiga ishora bor. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush