Uyni yomonliklardan saqlash
Assalomu alaykum! Avvalgi savolimga javob berganingiz uchun tashakkur! Yuborgan javobingizga aniqlik kiritish uchun shariatimizda qanday asosiy amallar qilsa uyga baraka kirishi to‘g‘risida qisqacha, asosiy ma’lumotlarni bersangiz Avvaldan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Uylaringizni qabristonga aylantirib qo‘ymanglar” deganlar. Yana “Baqara” surasi o‘qilgan uydan shayton qochadi” deganlar. Uyni qabriston bo‘lib qolmasligi uchun unda namoz, Qur’on tilovati, Allohning zikri kabi amallarni ko‘proq qilish bilan bo‘ladi.
Hadisda : Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo‘lib, Allohning Kitobini tilovat qilsa, uni o‘zaro o‘rgansa, albatta, ularning ustiga sakiyna tushadi, ularni rahmat o‘rab oladi, farishtalar qurshab oladilar va Alloh (bu qavmni) O‘z huzuridagilar oldida zikr qiladi. (“Hadis va Hayot”)
Yuqoridagi hadisda masjidlar nazarda tutilgani bilan ulamolarimiz ushbu amallarni xonadonlarda qilsa barakot bo‘lishini aytganlar. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:21 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar