Savdo yuritish uchun

Assalomu alaykum! "Alloxumma ya mufattixala va iftaxlana xoyrun bab, alloxumma rizukna rizkan xalalan, va rizkon vasian biroxmatika arxamar roxiymin, anta xoyru rozikiyn" ushbu duo to‘g‘ri yozilganmi? Bu savdo yurituvchi va ish yurituvchi duo deb eshitdim. Noto‘g‘ri yozilmaganmi, xarf o‘zgarsa manosi o‘zgarishi xaqida eshitganim uchun aniq malumot olsam degandim. Agar matn noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa ushbu duoni to‘liq matnini xam tushuntirsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz avvalo o‘z savdoyingiz fiqhini o‘rganing, undagi harom-halolni ajratib oling. Harom va shubhali ishlardan chetda bo‘ling. O‘zganing molini nohaq emang. Niyatingizni to‘g‘irlang, kasbingiz bilan ummat uchun hizmat qilishni maqsad qiling. Siz yozgan bu duo oyatda ham hadisda ham kelmagani uchun rivoyat jihatidan to‘g‘irlab bera olmaymiz. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 12:38 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar