Raxbarning qarori

Assalomu alaykum! Men bir yangi korxonada sifat nazorati boshlig‘i bo‘lib ishlayman men o‘z vakolatimdan kelib chiqib maxsulotdagi kichik nuqsonlar va maxsulotga ishlatiladigan xom ashyolarni sifati va saqlanishi xatoki o‘rnatilishi umumiy olganda tayyor bo‘lguncha xamma xolatni nazorat qilishim kerak tabiki bu xolada ishlab chiqarish saloxiyati pasayadi bizni korxona sezonga kirdi yani bizni maxsulotga talab oshadigan oylar va bu payitda biz plan bajarganimiz uchun bonus berildigan bo‘ldi korxona raxbari meni chaqirib meni xech narsaga aralashmasligimni va xozir biz ko‘proq maxsulot chiqarishimiz kerakligini ayti va aynan shu oylarda bizda xaddan ziyod ko‘p nuqsonli maxsulot chiqib ketti bu tabiki bizni korxonaga pul tikgan invisterga etib bordi va u meni ishdan boshatishni buyurdi. Savolim. 1-Raxbarim men xaqimda qilgan xukumi to‘rimi? 2-Men va mening xodimlarim bonus olishga xaqli edimi shariyat yuzasidan. 3-bu xoladan kegin men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolga javob berish uchun tafsilotlar etarli emas. Rahbar o‘z ishchisining shartnoma muddati oxiriga etishi bilanoq uni uzaytirmay, ishdan bo‘shatishga haqli. Bonus berish va u uchun shartlar qo‘yish tashkilot rahbariyati qo‘lidadir. Shartlarga haqiqatda mos kelgan ishchilar olgan bonus ular uchun halol. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 106 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar